CHDPU | Rasmiy kanal
10.6K subscribers
8.88K photos
1.32K videos
569 files
4.49K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#ayni_vaqt

Germaniyaning Heidelberg pedagogika universitetidan tashrif buyurgan talabalar ishtirokida "Germaniya ayollari: ta’limda, oilada va jamiyatda" mavzusida davra suhbati boshlandi

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Intervyu 24 | Tarmiza Xuralieva - Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#ayol_qadri

Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi va Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan universitetimizning faol, jamoatchi professor-o‘qituvchilari va xodimlarini Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari va istiqlol yillarida qurilgan mahobatli binolariga tashrifi uyushtirildi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#ayol_qadri

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kuni munosabati bilan Zakovat o‘yini tashkil etildi

Universitetning ayol profеssor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan intеllеktual o'yin natijalari:
🥇1-o'rin – Maktabgacha talim fakulteti;
🥈 2-o'rin – Fizika va kimyo fakulteti;
🥉3-o'rin – Boshlang'ich talim fakulteti.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#bizning_ustozlar

Ernazarova Gulnora Oblaqulovna – pedagogika fanlari doktori, professor.

2009-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan;

2019-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan;

2022-yilda Kasb-hunar taʼlim nazariyasi va metodikasi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berilgan;

Ilmiy rahbarligida 3 ta falsafa doktori (PhD) tayyorlangan hamda 13 nafar doktorant va mustaqil izlanuvchilar doktorlik (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda;

2000-yilda Kanadaning Novo Skotiya shtatida, 2001-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida, 2004-yilda Germaniyaning Gross Gerau shahrida, 2006-yilda Hindistonning Dehli shahrida ilgʻor pedagogik texnologiyalar boʻyicha malaka oshirib kelgan;

6 ta qoʻllanma, 4 ta monografiya, 150 dan ortiq ilmiy maqola muallifi;

5 ta EHM uchun dasturlarga O‘zbekiston Respubliksi intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnoma berilgan;

Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengash a’zosi;

xalqaro European Journal of Agricultural and Rugal Edication nomli va Journal NX-A Multidisciplinary Peer nomli ilmiy jurnallarda tahrir hayʼati aʼzosi.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#ayol_qadri

8-mart — olamni go'zallashtiradigan ayollar kuni! Bugun sizga Gumanitar fanlar fakulteti talabasi Ozoda Abdullayeva haqida so'zlab beramiz🌸

👩‍🎓Ozoda universitetimizning eng kreativ qizi. U davlat stipendiyasi sohibasi. Talabalar akademiyasining ilk Prezidenti. "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali texnik muharriri. U turli nashrlar, jumladan, fan va ta'lim sohasida tadqiqotlar olib boradigan «Educational Research in Universal Sciences» jurnali uchun ham maqolalar yozadi.

Biz Ozoda hamda maqsad va orzulari tomon intilayotgan universitetimizning barcha qizlari bilan faxrlanamiz!

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Yoshlar kundaligi | Xursanoy Mo‘minova Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistri bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, matematika yo‘nalishida tahsil oladi. Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.
U olib borayotgan tadqiqotlar orqali bolalarga matematikani oson o‘rgatish, ularning bilimini oshirish borasida samarali takliflarni ishlab chiqdi. O‘quvchilar ko‘rgazmali mashg‘ulotlar va o‘yinlar orqali fanni tezroq o‘zlashtiradi.
🎬Yaxshisi bu haqida uning o‘zidan eshiting. Batafsil mazkur lavhada.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ayol_qadri

Chirchiq davlat pedagogika universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram dasturi oʻtkazildi

🎦HD formatda ko'ring


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Aziz va muhtarama ayolllar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan qutlab, bahoriy kayfiyat, mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilab qolaman.

Yuzingizdan tabassum, xonadoningizdan baxt-saodat, xotirjamlik, qalbingizdan ezgulik hissi, mehr va muhabbat aslo arimasin!

Sizlarning iste’dodingiz va muvaffaqiyatlaringiz bilan faxrlanaman. Shijoat va faolligingizni qadrlayman.

Universitetimizning kelajagi talaba qizlarimning chuqur tafakkuri va hamkasb ayollarimizning salohiyati bilan chambarchas bog‘liq ekanligiga aminman.

Baxtimizga doimo omon bo‘ling, aziz ayollar!

Hurmat bilan,
Muhamedov G‘ofurjon Isroilovich


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Dilfuza Rustamova — universitetimizning shijoatli parisi🌸

Bayram kuni Sizga jismoniy madaniyat yo'nalishi talabasi haqida so'zlab bermoqchimiz. O'qishdan tashqari, dzyudo sport turi bilan shug‘ullanadi. Qator xalqaro musobaqalar g‘olibi va O‘zbekiston chempioni.🤼‍♀️🥇

Dilfuza — mehnatsevarlik va ezgulik namunasidir. U nafaqat o'qiydi, balki bizni ilhomlantiradi ham. Biz unga hamda universitetimizdagi barcha aziz ayol va qizlarimizga sog'lik-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tilaymiz! 🤍

Bu kuningiz cheksiz quvonch va shodlikka boy bo'lsin! 🌷
#ayol_qadri
Xalimaxon Abdullayeva — universitetimizning eng yosh talabasi
🌼

Xalimaxon Maktabgacha ta’lim fakultetida bilim olayotgan kamtargina qiz. Bu kamtargina qiz hurmatiga dunyoning turli chekkasida 5 marotaba Davlat gimni chalinganligini bilavermaymiz. Ushu sporti boʻyicha 4 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra Markaziy Osiyo g‘olibi. Ayni vaqtda, Xitoy davlatida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayapti. 🏆

Xalimaxon barcha yutuqlariga onasi - Dilrabo opaning baxtiyorligini his etish tufayli erishgan. Bayram kunlari talabalarimizning onalarini tabriklash biz uchun sharaf. 👩‍👧

Talabalarimiz onalariga ChDPUga e’tirof, yurtga iftixor, qalbga mador bo‘ladigan farzandlarning onasi bo‘lish nasib qilsin!💐
#tanishing

Xaydarov Ilxom Qudratovich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimida 2019-yildan boshlab ishlab kelmoqda.

👉batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Jabbor Usarov — Pedagogika fanlari doktori,professor

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#yashil_makon

Universitet «Yashil makon»ga aylantirilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”, — degan edi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

1-martdan boshlab universitet bo'ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi start oldi.

Bugun Texnik-foydalanish va xo'jalik bo'limi xodimlari tomonidan 200 tup manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi. Hudud tozalanib, daraxtlar oqlandi, yerlar yumshatildi va ko'chat ekishga tayyorlandi.

Universitetda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#oav_biz_haqimizda

ChDPU olima ayollari haqidagi maqola “Pravda Vostoka” gezatasida chop etildi

👉batafsil


В газете «Правда Востока» опубликована статья о женщинах-ученых ЧГПУ

👉подробно

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube