#Bugun

#qabul
To‘rtko‘l tumani hokimligida tuman hokimi R.Shamuratovning aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam tayinlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash singari masalalar borasidagi murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar qonuniy tartibda hal etilishi bo‘yicha nazoratga olindi. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati
                                                              🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 23-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-648-sonli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘grisida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni, deb belgilandi. Bu yangilik yurtimizdagi yarim millionndan ortiq kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Davlatimiz rahbarining nodavlat va notijorat tashkilotlarga, shu jumladan, Bosh qomusimizda jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilgan kasaba uyushmalariga bo‘lgan e’tibori natijasida mana bir necha yillardan buyon mamlakatimizda 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bugun 2024-yil 9-noyabr kuni To‘rtko‘l tumani 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni tuman bo‘linmasi kengashi raisi Xaldurdiyev Araz Gurbanberdiyevich ochib berdi hamda ishtorokchilarini bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Settiyev Janibek Sapayevich To‘rtko‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushma qo‘mita raislari va faxriy ustozlar hamda “Kitobxon o‘quvchi” intellektual o‘yini g‘oliblari ishtirok etdilar.
Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan bir qator xodimlar “Kitobxon o‘quvchi” intellektual o‘yini g‘olib o‘quvchilari hamda ustozlari qimmatbaho esdalik sovg‘alari, diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tadbir tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
                                                             🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG
DIQQAT E’LON!

To‘rtko‘l tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan maxsus shtabga 24 soat davomida murojaat etishingiz mumkin!

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, xalqimizni uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash, ko‘p-qavatli uy-joylarda yuz berishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish, ijtimoiy soha ob’ektlarida fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida To‘rtko‘l tumani hokimligi huzurida maxsus ShTAB tashkil etilgan.

Hurmatli fuqarolar!
Agar Sizda yuqoridagilar bilan bog‘liq savol va murojaatlaringiz bor bo‘lsa, shtabning uzluksiz ishlab turuvchi ☎️
+99861-532-21-30, ☎️ +99861-532-52-88 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                              🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG
Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori 1-o‘rinbosari Ye.T.Kaipbergenov tomonidan To‘rtko‘l tumani "Paxtaobod" ovul fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash borasida va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori 1-o‘rinbosariga biriktirilgan hududda kambag‘allik ro‘yxatida turuvchi xonadonlarga kirib, muammolari o‘rganildi va hal etish choralari belgilab olindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish, oilalarni kambag‘allik reestridan chiqarishda qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Bugun reestrga kiritilgan “Paxtaobod” OFYda yashovchi fuqaro J.Allabergenova tikuv mashinasi bilan ta’minlandi.