Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdagi
89-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengas’hi raisi R.Shamuratov bos’hqarib bordi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg`i Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengas’hi deputatlari, tegis’hli tas’hkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnas’hdilar.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

Kun tartibidagi birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining To‘rtko‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son qarorining 19-bandi ijrosi yuzasidan 2024-yilning 9-oyi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining To‘rtko‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri U.Saburovning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi keyingi masala-tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining 2024 yil 9 oyi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining qonun ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha To‘rtko‘l tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i M.Nuraddinovning axboroti tinglandi.
To‘rtko‘l tumani mahallalarida IT yo‘nalishi bo‘yicha 6 ta loyiha yuzasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman mahalla bo‘limi boshlig‘i B. Zakirjanov
axborot berdi
.
5 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg`i Kengesida hamda Xalq deputatlari tuman kengashida faoliyat yuritgan deputatlarga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnomalar topshirilib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG