🌐 𝗧𝗢'𝗥𝗧𝗞𝗢'𝗟_𝗣𝗥𝗘𝗦𝗦 / 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟
11.7K subscribers
61.8K photos
6.79K videos
127 files
19.2K links
Download Telegram
#Xushxabar
Yosh sportchilar g‘alabasi

Shu yilning 14-15 may kunlari Toshkent shahrida joylashgan Universal sport saroyida sportning ITKF Karate-do turi bo'yicha Osiyo chempionati musobaqasi o'tkazildi. Mazkur musobaqada To'rtko'l tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilari ham faol ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida sportchilarimiz jami 7 ta oltin 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarni qo'lga kiritib qaytishdi. Musobaqaga sportchilarni tayyorlashda To'rtko'l tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi trenerlaridan Abdikarimov Erkin , Meretov Ruslan , Meretov Dilmurod va Allamjarova Zamiralar o'zlarining munisib hissalarini qo'shdilar.
Zafar muborak sportchi yoshlar!!! 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Xushxabar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan
sohada olib borilayotgan natijali ishlari bo‘yichaTo‘rtko‘l tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi veterinariya uchastkasi boshlig‘i Abdullaev Abdiraxman Ibragimovich «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador» va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tumani bo‘limi rahbari Settiev Djanibek Sapaevich Ma’naviyat va madaniyat sohasidagi samarali xizmatlari uchun «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Yurtdoshlarimizni mukofotlari bilan qizg‘in tabriklaymiz! 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#XUSHXABAR!
Joriy yil 6 noyabr kuni G‘ijduvon tuman hokimligi tashabbusi bilan matematika fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim va nodavlat ta’lim muassasalarining 7-11-sinflari o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada jami 445 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etib, shundan 100 dan ortig‘ini boshqa viloyat va tumanlardan tashrif buyurgan yoshlar tashkil etdi.
Olimpiadada test topshiriqlari va yozma ish orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Mazkur olimpiadaning viloyatlar kesimida g‘oliblari qatorida
To‘rko‘l tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 64-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Allaberganov Shoxruh faxrli 2-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#XUSHXABAR!
Kasaba uyushmasi xodimlari kuni munosabati bilan Nukus shahrida “Kasaba uyushmasi-Inson qadri uchun” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘z sohasida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir qator soha vakillari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Shular qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining joriy yil 951-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimi o‘rinbosari Inobat Jumaboeva va 20 -sonli maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulnabat Xallieva ham "Watan pidayisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Hamyurtlarimizni yutuqlari bilan qutlaymiz!
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#XUSHXABAR!
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Nukus shahrida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tantanali tadbirda o‘z sohasida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir qator tibbiyot xodimlari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Shular qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining joriy yil 959-sonli qaroriga muvofiq tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokor o‘rinbosari Iglikova Zulfiya Sultanovna"Watan pidayisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Tabriklaymiz To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#XUSHXABAR!

Yosh kitobxon-2022 tanlovi Qoraqalpog‘iston bosqichida To‘rtko‘l tuman XTBga qarashli 10-son umumta’lim o‘rta maktabi o‘quvchisi Maya Xaldurdieva 10-14 yosh oralig‘idagi yoshlar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallab O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘l oldi. Yutuqlar bardavom bo‘lsin!
https://turtkul.uz/2022/11/28/xushxabar/ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Xushxabar

To‘rtko‘l tumani «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Janibekov Raushanbek Rustambek o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan "Yilning eng namunali" yoshlar yetakchisi tanlovining “Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan" yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 🪀 To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Xushxabar
Eng faol sektor rahbari

To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov “Namunali mahalla huquq-tartibot o‘rinlari” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida “Eng faol sektor rahbari” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-darajali diplomi va qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandi. 🪀 To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#xushxabar

To‘rtko‘l tumani pillakorlari pilla yetishtirish rejasini bajardi

Joriy qishloq xo‘jaligi yilida tuman pillakorlari tomonidan 96 ta fermer, 1610 nafar kasanachi tomonidan 3 ming 400 quti ipak qurti parvarishlanib, 219 tonna «kumush tola» xirmonini yaratish rejalashtirilgan edi.

Bugun tuman pillakorlari pilla rejasini   219 tonnaga, ya'ni 100,0 foizga bajardi. 

To‘rtko‘llik pillakorlarni, pilla xirmoniga o‘z ulushini qo‘shgan barcha faollarni, tuman mutasaddilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz
!
                                                                 
                                                                                                     
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                       
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
👍7
#Xushxabar

Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida 27-iyun` – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda sohada jonkuyarlik qilib, o'z faoliyatini yuritib kelayotgan bir qator soha vakillari qatorida Jo'qorg'i Kenges Prezidium qaroriga asosan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi A.Orinbaev tomonidan To'rtko'l tumani “To'rtko'lnoma” gazetasi bosh muharriri O'g'iljon Nurullaeva Ibodullaevna “Ibratli ayol” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
👍7
#XUSHXABAR
Bolalar va yoshlarni milliy-ma'naviy kamoloti, iste'dodini yuzaga chiqarish maqsadida nog'ora va zarbli cholg'u asboblarida bolalar va yoshlar o'rtasida III Xalqaro "Gavaldosh" festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta'lim vazirligining Respublika bolalar va o'smirlarni rivojlantirish maktabi tomonidan "Gavaldosh" nomli nog'ora va zarbli cholg'u asboblarida bolalar va yoshlar o'rtasida III Xalqaro festival-tanlovida To’rtko’l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi iqtidorli yoshlari ham ishtirok qilib, "Yosh doirachilar" to'garak a'zolaridan Saparbayev Haydarbek I-o'rinni, 17-21 yosh bo'yicha "Tantana"guruhi II-o'rinni, 12-16 yosh bo'yicha "Navo" guruhlari III-o'rinni egalladilar. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
👍5
#ХУШХАБАР

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Тадбиркорлар куни муносабати билан соҳа вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармонига асосан Қорақалпоғистон Республикаси Тўрткўл туманидаги «Тўрткўл шиша идишлари» масъулияти чекланган жамияти таъсисчиси Юлдашев Хуршид Рузмаметович «Шуҳрат» медали билан тақдирланди.
___________________________
#XUSHXABAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l shisha idishlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Yuldashev Xurshid Ruzmametovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
👍1