#Jarayon

Aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida barcha sohalarda ishlar qizg‘in tarzda olib borilmoqda.
Ayni kunlarda tumandagi “Shodlik” MFY aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yer osti gaz quvurlarini rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu quvur ishga tushishi bilan 564 ta aholi xonadonlarida gaz ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi.
Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan “Shodlik” va “Guliston” MFY lari aholisini gaz bilan ta’minlovchi 4-raqamli yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasini texnik taftishdan o‘tkazish jarayoni kechmoqda. Ma’lumot uchun bunday ta’mirlash, texnik taftishdan o‘tkazish ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
#Jarayon

Ayni kunlarda hududlarda elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimlarini nazoratdan o‘tkazish va ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.

Albatta bunday ishlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish xamda istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taminlash maqsadida olib borilmoqda.
Bugun soha mutaxassislari “Nurli yo‘l” MFY hududida joylashgan 33-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
#Ko‘rgazmali_seminar
#To‘rtko‘l_tajribasi

Suv resurslaridan samarali foydalanish natijasida yuqori natijadorlikka erishish maqsadida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-107-sonli qaroriga asosan, mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha bugungi kunda suvni tejaydigan texnologiyalar qamrab olgan maydon sug‘oriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib, buning hisobiga 2023 yilda 3 mlrd kub metr suv iqtisod qilindi hamda 830 ming gektar takroriy ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirildi.
⚡️Tadbirkorlar bilan manzilli uchrashuvlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaat va takliflarini jamlash va tahlil qilish bo‘yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi To'rtko'l tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi tadbirkorlar bilan har kun manzilli  uchrashuvlar o’tkazilib, ularning muammo va takliflari o'rganilmoqda. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️