Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdapi 82-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi va tegishli korxona va tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
1. 2024 yilning 6 oyi davomida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoiy holatlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti
2. To‘rtko‘l tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hisoboti
3. To‘rtko‘l tuman Majburiy ijro byurosi bo‘limi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
4. Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining reproduktiv salomatlikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish to‘g‘risida”gi PQ-119-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida davlat Kadastrlari palatasi tuman filiali boshlig‘ining ma’ruzasi
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman suv tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining nutqi
7. To‘rtko‘l tumani hududidagi harakatsiz korxonalarni o‘rganish natijalari haqida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Yusupovning hisoboti
8. To‘rtko‘l tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2024-yil 1-aprel holatiga ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
9. 2024-yil 2-chorak harajatlar smetalariga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadga muvofiq sarflanishini ta’minlash maqsadida 2024-yil tuman mahalliy budjet parametrlariga kiritilgan o‘zgarishlari hamda Tashabbusli budjet jarayonining 2024-yil 2-chorak hisoboti to‘g‘risida
10. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
11. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi KQ-687-IV Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar Kengashlari tomonidan viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning namunaviy tartibi to‘g‘risida.
13. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishning namunaviy tartibi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ma’ruzachilar chiqishlaridan keyin deputatlar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sakson ikkinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT |
Агар сиз бирон бир нарсага қодирман деб ҳисобласангиз, сиз ҳақсиз; агар сиз буни қила олмайман деб ўйласангиз ҳам, сиз ҳақсиз.
©Генри Форд
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ижтимоий_ролик

🚫 Коррупцияга қарши курашиш ҳар биримизнинг асосий вазифамиз бӯлиши лозим.

“Давлат фуқаролик хизматчиси коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатда бўлиши ва коррупцияга олиб келиши мумкин бўлган ҳаракатларнинг (ҳаракатсизликнинг) олдини олиши шарт.”

“Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонунининг 16-моддаси