#Qabul

To‘rtko‘l tumani hokimligida fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi

Bugun tuman hokimi o`rinbosarlari U.Allabergrnov, I.Jumaboyeva hamda tumandagi tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilindi.

Unda murojaatlarning qonuniy tartibda ijobiy yechilishi bo‘yicha tushuntirishlar va soha rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Shodlik” MFY hududida daydi itlarning ko‘pligi borasida e’lon qilingan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ushbu huddudda aholi tomonidan berilgan murojaat bo‘yicha daydi itlarni bartaraf qilish bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasining rejasiga asosan maxsus xodimlari tomonidan ushbu hududda dorilash ishlari olib borilganligini ma’lum qilib bildiramiz.

To‘rtko‘l tumani Obodonlashtirish Boshqarmasi
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT |
‼️ Диққат

Энди ташаббусли бюджет жараёнида овоз бериш босқичи 10 кун давомида ўтказилади (авваллари 20 кун эди).

📣 Шунингдек, овоз бериш босқичидан аввал 7 кун давомида тарғибот босқичи ўтказилиб, ташаббускорларга ўз лойиҳаларини "реклама" қилиш имконияти берилади.

Яқинларга тарқатинг!
“O‘zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi”

Boy hayotiy tajribaga ega, turmush sinovlarida toblangan, yoshi ulug‘ insonlar, keksa nuroniylarning tajribasidan yoshlar tarbiyasida foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamiyat rivojini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida To‘rtko‘l tumani "Nurota" mahallasida joylashgan madaniyat saroyi binosida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev ochib berib, Prezidentimiz tomonidan nuroniylar va yosh avlod vakillariga katta e’tibor berilayotganligini aytib o‘tdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarimizning kelajagiga ijobiy ta’sir qilishiga ishonch bildirdi. Shundan keyin "Nurota" mahallasi nuroniy otaxonlari va onaxonlari so‘zga chiqib,yoshlarimizga hayotda o‘z o‘rinlarini topishda ko‘proq bilim olishlari hunar o‘rganish kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbirda tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi, fuqarolar yig‘inlari raislari, “Keksalar maslahati” guruhi rahbarlari, “Bir nuroniy o‘n yoshga ma’sul”, “Nuroniy har bir oilaga mas’ul” tamoyili bo‘yicha berkitilgan nuroniylar hamda yoshlar yetakchilari, hamkor tashkilot vakillari ishtirok qildi.
Tadbir davomida "Nurota" MFY hududida ko‘p yillar davomida mehnat qilgan nuroniy otaxon va onaxonlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Shundan so‘ng tuman madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiklar ijro etildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT |
#Diqqat

"Ma'rifat soati"

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/s1-r8XtRCog?si=N9JEpCkXYQG9NQ23 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


https://t.iss.one/otabek_khasanov