Yangi loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar

   Bugun To‘rtko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida yagona interaktiv davlat xizmatlar  portalıdan (
my.gov.uz) samarali foydalanish hamda faoliyatni  yanada kengaytirish maqsadida, “my.gov.uz  kundalik hayotda qo‘llash uchun” loyihasi doirasida o‘quv seminar tashkil qilindi. Seminarda tegishli soha vakillari ishtirok qildilar va mavzu bo‘yicha tushuncha berdilar. Seminar  ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
"Yutuq aksariyat dadil harakat qilguvchilarga nasib etadi. Jur’atsiz, hadeb oqibatini o‘ylayveradigan kishilarning esa ishi chappasidan ketadi".

©️ Javoharlal Neru
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda umumiy ovqatlanish o‘rnida 10-iyun kuni oilaviy ovqatlanish natijasida zaharlanish kasalligi kelib chiqqanligi, SES tomonidan tekshirish o‘tkazilmaganligi bildirilgan murojaat bo‘yicha

RASMIY MUNOSABAT

2024 yil 20-iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasida farzandini ovqatdan zaharlanish, degan gumon bilan videomurojat qilgan otaning murojaati o‘rganilib chiqildi va quyidagilar aniqlandi: 17.02.2021 yilda tug‘ilgan bemor F.M.U. shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilganda ovqatdan zaharlanish alomatlari yo‘qligi va dastlabki tashhis: O‘tkir respirator kasallik, gipertermik sindromi bilan, asoratlari “tonzillit, pielonefrit” diagnozi qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, 2024-yil 10-iyun kunidan shu kungacha tuman SEO va JS bo‘limiga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ovqatdan zaharlanish holatlari bo‘yicha fuqarolar ro‘yxatga olinmagan. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TO'RTKO'L TUMANIDA EHTIYOJMAND, NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARNING XATNA TO'YLARI O'TKAZILDI.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TO‘RTKO‘LDA “SUPERMIKS REAL” MCHJ KORXONASI YANGI BINODA ISH FAOLIYATINI BOSHLADI

2009 yildan buyon o‘z xaridorlari va bozoriga ega bo‘lgan qo‘l mehnatiga asoslangan holda ish faoliyatini boshlagan “SUPERMIKS REAL” MChJ bugun o‘z faoliyatini kengaytirib, yangi korxonani barpo qildi.
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
TO‘RTKO‘LDA “SUPERMIKS REAL” MCHJ KORXONASI YANGI BINODA ISH FAOLIYATINI BOSHLADI 2009 yildan buyon o‘z xaridorlari va bozoriga ega bo‘lgan qo‘l mehnatiga asoslangan holda ish faoliyatini boshlagan “SUPERMIKS REAL” MChJ bugun o‘z faoliyatini kengaytirib…
Yangi, zamonaviy uskunalarda ish faoliyatini davom etayotgan ushbu korxonada oldin 13 nafar ishchi ishlardi. Bugun ularning safida ishsiz, migratsiyadan qaytgan yoshlardan 10 nafari, jami 23 kishi doimiy ish bilan band.
-Mahsulotimizning aksariyat tarkibiy qismi o‘zimizdan chiqadi va o‘zlarimiz qayta ishlab tayyorlaymiz. Buning natijasida sifatli va nisbatan arzon mahsulotlar xaridorlar uchun manzur bo‘lmoqda, deydi korxona rahbari Shokir Bobojonov. Bugungi kunda 12 xil turdagi qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonamizda kelgusida qurilish ishlarida zarurg‘bo‘lgan bo‘yoqlarni ishlab chiqarishni ham rejalashtirmoqdamiz.
Albatta, bugun tadbirkorlarga berilayotgan keng yo‘l va imkoniyatlar yurtdoshlarimizning ham o‘z brendini yaratishga imkon bermoqda.
Korxona ochilishida ishtirok qilgan tuman hokimi o‘rinbosari A.Avezimbetov korxona faoliyati bilan tanishdi va ish o‘rinlarini tashkil qilish, mahsulotlarni eksport qilish kabi mavzularda o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
Photo
HURMATLI YURTDOSHLAR!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashabbusi bilan To‘rtko‘l tumani hokimi hamda tumanda mavjud sektor rahbarlarining kengaytirilgan sayyor qabuli tashkil etilmoqda. Tumanimiz aholisining mavjud muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim izlash maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu sayyor qabul 2024-yil 22-iyun kuni soat 10-00 da tuman Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi.
Qabul dorasida «2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» munosabati bilan band bo‘lmagan aholi hamda kam ta’minlangan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari va yoshlar uchun navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si tashkil etiladi.
Yarmarkada siz tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirishga yo‘llanma olishingiz yoki boshqa bandlik xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Shu bilan birga xususiy sektorda mavjud ish o‘rinlari va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ijod namunalari bilan tanishishingiz hamda o‘z tadbirkorligingizni boshlash uchun kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
‼️Tórtkúldegı “Zaxratun” ulıwma awqatlanıw ornında taǵam qabıl etip, perzenti awqattan záhárlengenligi  boyınsha “Telegram” tarmaǵında  tarqalǵan videoǵa

Rásmiy múnásibet!

Usı jıldıń 20-iyun kúni “Telegram” tarmaǵında Tórtkúl rayonı “Zaxratun” awqatlanıw ornı boyınsha perzentiniń  “manti” taǵamın qabıl etip awqattan záhárlengenligi  (otravlenie)  boyınsha videomúrájati tiykarında  Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya-epidemiologıyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması Tórtkúl rayonlıq bólimi tárepinen úyreniw jumısları alıp barıldı.

Oǵan bola, tómendegiler anıqlandı:

🔴Videoda keltirilgen 17.02.2021jılı  tuwılǵan nawqasta 2024-jıl 10-iyun kúni Tórtkúl rayonı medicina birlespesinde “awqattan záhárleniw” jaǵdayı dizimge alınǵanlıǵı haqqında hesh qanday tez xabarnama kelmegen;

🔴2024-jıl 20-iyun kúni 17.02.2021j tuwılǵan nawqas shıpaker kóriginen soń, dáslepki diagnozı “Ótkir respirator kesellik, gipertermik sindrom menen, tonzilit, piolonefrit asqınıwı, joldas kesellik kemqanlıq 2-dárejesi” menen stacionar emlew ushın jatqızılǵanlıǵı hám nawqasta awqattan záhárleniw belgileri baqlanbaǵanlıǵı anıqlandı.

Sonday-aq, “Zaxratun” ulıwma awqatlanıw ornında ámel etiliwi lazım sanitariya-gigiena qaǵıydaları boyınsha  profilaktikalıq túsindiriw jumısları alıp barıldı.

Qaraqalpaqstan Respublikası
Sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması Málimleme xızmeti


Kanalǵa aǵza bolıw: @qqses
ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН❗️❗️❗️
Ҳурматли тадбиркор ва ишбилармонлар! Жорий йил июль ойининг биринчи ярмида Қозоғистон Республикасида “made in Karakalpakstan” кўргазмаси бўлиб ўтади. Шу муносабат билан мазкур кўргазмада иштирок этиш истагидаги фуқаролар, тадбиркорлар ҳамда ўз маҳсулотларини мазкур кўргазмада жойлаштириш истаги бўлган тадбиркорлар туман ҳокимлигига мурожаат қилишингизни сўраймиз.
Мурожаат учун телефон: +998999591881