"Turon" maktab teatri koʻrik-tanlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol qatnashdilar
"Turan" mektep teatrı kórik-tańlawı Qaraqalpaqstan Respublikası basqıshında belsene qatnastı
"Turon" maktab teatri koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida To'rtko'l tuman MMTB ga qarashli 10-sonli maktabning "Kaltaminor shovvozlari" jamoasi ham faol qatnashib, Qoraqalpogiston Respublikasi MMTV ning faxriy yorligi bilan taqdirlandi.


To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                      
🟢WEB SAYT | 🟢IG | 🟢FB | 🟢TW|🟢YT | 🟢TG
#Jarayon
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov mahallada qandolatchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan “Izzatbek Rashidovich” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishib, korxonasini rivojlanitirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                      
🟢WEB SAYT | 🟢IG | 🟢FB | 🟢TW|🟢YT | 🟢TG
To‘rtko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi.
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
Photo
O‘quv-seminarga Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘limi rahbari J.Settiev, tuman “Vatanparvar” tashkiloti xodimi, To‘rtko‘l tuman Qo‘riqlash bo‘limi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Baltabaevlar ishtirok qildilar va kun tartibidagi mavzu yuzasidan gapirib o‘tdilar.
Bunda 2024-yil 26-28-aprel kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan 3 kunlik o‘quv- seminarda qatnashib kelgan 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining MMIBDO‘ I.Garjiev tomonidan 3 kunlik o‘quv davomida olgan bilimlarini va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
O‘quv-seminar davomida ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va davlatimizda olib borilayotgan islohatlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan qilib tarbiyalash bo‘yicha hamkorlikda ishlaydigan tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab olindi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                      
🟢WEB SAYT | 🟢IG | 🟢FB | 🟢TW|🟢YT | 🟢TG
Karate WKF bo‘yicha “Uzbekistan open” xalqaro turnirida sovrinli o`rinlarni egallashdi

Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasida Karate WKF bo‘yicha “Uzbekistan open” xalqaro turniri bo‘lib o'tdi. Ushbu nufuzli musobаqada O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, hamda Turkmaniston Respublikalaridan ham sportchilar ishtirok qilishdi. Musobaqada tumandagi sportchi yoshlar ham faol ishtirok qilib quydagi o'rinlarni egallashdi:
Tolibjon Isroilov 16-17 yosh +76 kg vazn toifasida kumush medal,
Jahongir Otabekov 14-15 yosh +70 kg vazn toifasida bronza medal,
Sevinch Davlatyarova 14-15 yosh -61 kg vazn toifasida bronza medal,
Shodiyor Qalandarov 18+yosh -55 kg vazn toifasida bronza medal,
Niyatullo Sadullayev 18+ yosh -75 kg vazn toifasida bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                      
🟢WEB SAYT | 🟢IG | 🟢FB | 🟢TW|🟢YT | 🟢TG