«Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligida yana bir yurtdoshimizning mehnatlari munosib e’tirof etildi.
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Suyunova Ozoda Nurullaevna yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov mukofotni topshirar ekan, ko‘p yillik mehnat stajiga ega mohir pedagog O.Suyunovaning ishlariga omadlar tiladi. ✅To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG

Matbuot anjumani
Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan ayol-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusiga bag‘ishlandi. To‘rtko‘l tumanida jami 49 fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib (15 ovul, 34 ta mahalla fuqarolar yig‘ini) mahallalarda xotin-qizlar bilan tizimli ishlash uchun yo‘l xarita ishlab chiqilib ijroga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, qo‘mitaning yillik “Yo‘l xaritasi” talablarini inobatga olgan holda har bir mahalladagi xotin-qizlar faolining yillik ish rejalari ishlab, tasdiqlanib ijroga yo‘naltirilgan.
Matbuot anjumanida tuman hokimi R.Shamuratov, tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumaboeva Oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularni kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha axborot berdi.

"Vatan muqaddas, doʻstlik bebaho!"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi Maʼnaviyat va Maʼrifat kengashining majlisida har bir soha vakillari oldiga yosh isteʼdodlarni izlab topish va ularni ragʻbatlantirish borasida topshiriqlar bergan edi. Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi "Vatan muqaddas, doʻstlik bebaho" nomli mushoira tanlovini oʻtkazish boʻyicha nizom qabul qildi.
Nizom asosida Toʻrtkoʻl tumani hokimligi, tuman Axborot kutubxona markazida mushoira tanlovi uyushtirdi. Mushoira tanlovida 15 dan ortiq yosh isteʼdodlar ishtirok etdi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toʻrtkoʻl tumani boʻlinmasi rahbari J.Settiyev, tuman hokimligidan N.Cherikaeva, Davlat tili masalalari boʻyicha tuman hokimi maslahatchisi G.Nazarova va Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi M. Yusupova, Tuman Axborot kutubxona markazi direktori U.Matniyozov yosh isteʼdodlarning sheʼrlarini eshitib, nizomda koʻrsatilgan talablar boʻyicha baholashdi. Batafsil

#Ko‘rgazmali_seminar
TOMORQA-KONI FOYDA
Bugun mahallalarda aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar ishtirokchilari dastlab To‘rtko‘l tumanidagi “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Bekchon bobo Hamroev xonadonida bo‘lib, tomorqa yeridan unumli foydalanayotgan xonadon egalarining ish faoliyati bilan tanishildi.
Otaxon bir necha yillardan buyon issiqxona tizimida ishlab, bir yilda yerdan bir necha barotaba ekin ekib oladi. Hozirgi kunda 4 sotixlik issiqxonada bodring , 1 sotixligida esa pomidor, bulg‘or qalampiri, rediska va ko‘katlar parvarishlanayotgan bo‘lsa, polizda to‘qsonbosti ekinlaridan piyoz va sarimsoqpiyoz yetishtirmoqda. Shuningdek, yer “tili”ni bilgan mirishkor dehqon biogomus ham yetishtirib, tomorqasini o‘zi yetishtirgan biogomus bilan ta’minlab kelmoqda.