Меҳнат ярмаркаси-имкониятлар эшиги
Бугун Тўрткўл тумани Маданият саройи биносида туман прокурори ташаббуси билан бўш иш ўринлари “Меҳнат ярмаркаси” бўлиб ўтди.Тадбир олдидан кўп йиллик тажрибага эга тадбиркорлар прокурор томонидан оталиққа олинган ишсиз ёшлар билан учрашиб ўзларининг бўш иш ўринлари , ёшлар учун яратилаётган имкониятлар билан таништирдилар. Шунингдек, Тўрткўлда фаолият юритаётган ТДИУ масъуллари олийгоҳдаги факультетлар,ўқиш жараёнлари тўғрисида маълумот бердилар.. Ёшлар ўзларини қизиқтирган саволларига жавоблар олдилар.
Шундан кейин ёшлар бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркасидан ўзлари учун мақбул ишлар билан танишдилар. Тадбирда ҳунармандлар уюшмаси ҳунармандларининг қўл меҳнати буюмлари кўргазмаси ҳам ташкил қилинди. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
Photo
Hurmatli fuqarolar!
To'rtko'l tumanidagi "Paxtachi", "Otayurt", "Sho'raxon", "Ullubog'", Ko'na To'rtko'l OFY hamda "Do'stlik", "Yoshlik", "Jayxun", "Tinchlik","Ibn-Sino", "Beruniy", "Shodlik", "Guliston", “Navro'z”, “Navoiy”, “Mustaqillik”, “G'alaba”, “Yangiobod”,"Istiqlol”, "Bog'yop", “O`zbekiston”, “Markazobod”, “Turkiston”, “Toshkent”, “To'rtko'l”, “Anhorli” MFY iste'molchilarini tabiiy gaz bilan ta'minlovchi "To'rtko'l" GRS da 812/D-sonli telegrammaga asosan «Urgenchtransgaz» AJ xodimlari tomonidan elektron gaz hisoblagichdagi shaibasini almashtirish ishlari olib borilishi sababli 2024-yil 28-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to'xtatilishini ma'lum qilamiz. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti bo'limi iste'molchilardan uzr so'raydi.
Hurmatli tabiiy gazdan foydalanuvchi xonadon egalari! Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling bu bilan o'zingiz, oila a'zolaringiz xavfsizligini ta'minlagan bo'lasiz. Xonada gaz hidini sezsangiz darhol gaz jo‘mraklarini bekitib, derazalarni ochib xonani shamollating va 104 va 533-04-52 telefon raqamlari orqali avariya dispetcherlik xizmatiga xabar berishingizni so'raymiz.
“To'rtko'ltumangaz” gaz ta'minoti bo'limi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbidan kamol topib…
yohud hech qanday ovozni eshitmay turib qanday qilib mohir sartarosh bo‘lgan yigit haqida


Bekzod mana bir necha yillardan buyon sartaroshlik kasbi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning hamisha keladigan o‘z mijozlari bor. Chunki, sartaroshning xizmatidan mamnun bo‘lgan ko‘pgina yigitlar soch-soqollarini unga oldiradilar.Ammo, sartarosh yigit bu darajaga qanday eirishdi?!
Tug‘ma qulog‘i eshitmaydigan bo‘lib tug‘ilgan Bekzod maxsus maktabda ta’lim oldi. Ammo, amakisining hunari uni o‘ziga tortib, u bo‘sh vaqti topildi degunda sartaroshxonaga chopardi. Qiziqish yigitchani kasbni mukammal egallashiga sabab bo‘lib, u 4-5 yil davomida amakisining shogirdi bo‘lib sevgan kasbini mukammal egalladi.
-Kuniga 5-10 nafarga yaqin mijozlar bilan ishlayman. Kasbim o‘zimga yoqadi, «deydi» Bekzod o‘z ishidan faxrlanib.
Bugun o‘z ukasi bilan sartaroshlik qilib kelayotgan Bekzodning ishlari yaxshi. Aka-ukalar ijaraga olgan binoda mijozlar gavjum.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati
«Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligida yana bir yurtdoshimizning mehnatlari munosib e’tirof etildi.
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Suyunova Ozoda Nurullaevna yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov mukofotni topshirar ekan, ko‘p yillik mehnat stajiga ega mohir pedagog O.Suyunovaning ishlariga omadlar tilad
i. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG