#Tibbiy_ko‘rik
Sog‘likni saqlash vazirligi buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish profilaktik tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi tor soha mutaxasisslari tomonidan “Ko‘na To‘rtko‘l” OFY aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli maslahatlar va dori-darmonlar berildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
To‘rtko‘l tumanida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlarining uchinchi bosqichi davom etmoqda
Ushbu bosqich doirasida bugun tumandagi “Shodlik”, “Guliston”, Ibn Sino hamda Beruniy MFY aholisi uchun tumandagi Ko‘p tarmoqli texnikumida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilinishi, yoshlarga va tadbirkorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges deputati J.Bekchanov, tuman imom xatibi D.Klichev va boshqa bir qator tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faol o‘quvchilarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG