Forwarded from Karakalpakstan.uz
Төрткүлде 90 орынға мөлшерленген МШБШ пайдаланыўға тапсырылды

Төртүкүл районында 1993-жылы 140 орынға мөлшерленип қурылған 15-санлы мектепке шекемги билимлендириў шөлкемине мәмлекетлик инвестиция бағдарламасы тийкарында 3 млрд 836 млн сум ажыратылып, қосымша 90 орынға мөлшерленген жаңа имарат пайдаланыўға тапсырылды.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
“Olamni mahliyo aylagan diyor!”

Madhiya mustaqil davlatning belgisi, hamdu-sanosi va ayrilmas nishonasidir. Har bir xalq o‘z davlat ramzlariga ega. Ushbu ramzlar ichida davlat madhiyasining o‘rni va ahamiyati beqiyos hisoblanadi.
1992-yil 10-dekabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan bugun To‘rtko‘l tumanidagi 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari hamda ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlari bilan birgalikda “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev ochib berdi va tadbir qatnashchilari tomonidan davlatimiz madhiyasi jo'r bo'lib ijro qilindi. 🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 31 yilligini keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 9-dekabr kuni To‘rtko‘l tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 18-son umumta’lim maktabida "Olamni mahliyo aylagan diyor" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi. 🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Aytib o‘tish joizki, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Qomusi qabul qilingan kun munosabati bilan tumandagi barcha ta’lim muassasalarida diktant. insholar tanlovi o‘tkazilishi ham davom etmoqda.
Ushbu tanlovlar orqali yoshlarning Konstitutsiya bo‘yicha bilimlarini oshirish, qolaversa ularda vatanparvarlik tuyg‘usini orttirish, davlat ramzlariga bo‘lgan faxr va g‘urur hamda hurmat hissini oshirishdan iborat bo‘lib hisoblanadi. 🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QAROR_VA_IJRO

Beruniy mahallasi Mardona ko‘chasi 34-uyda yashovchi Ilmira Boltabaeva 2-guruh nogironi. Oilali, ikki nafar farzandi va bitta nevarasi bor. Boltabaeva Ilmira mahallada "Temir daftar"ga kiritilgan oilalardan biridir.
Yaqinda ushbu oila uyining tom qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarori asosida shiferlab berildi. Shuningdek, 2-sektor tashabbusi va xomiylar tomonidan uyining uchta xonasi to‘liq kapital ta’mirlab berildi. Shu bilan birgalikda uyning isitish tizimi bo‘yicha zarur xonaga pechka o‘rnatib berildi.
Xonadon egalari ko‘rsatilgan e’tibor va yordamdan bag‘oyat minnatdor. 🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG