#joy_nomlari_tarixi
To‘rtko‘l – Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman va shahar nomi. To‘rtko‘l nomi haqida turli taxminlar bor.
👉Xalq orasida To‘rtko‘l so‘zining “to‘rt+ko‘l” etimologiyasi keng tarqalgan. Geograf olim H.Hasanov To‘rtko`l – “to‘rtburchakli uy, atrofi devor bilan o‘raglan uy” deya, ta’rif beradi. Nemis olimi A.Gabenning fikricha, “To‘rtko‘l so‘zi turkiy tillarga mansub bo‘lib, “to‘rtburchak” ma’nosida qo‘llanilgan.
👉1993-yil “Karakalpakstan” nashriyotida chop etilgan (S.Kamalov, A.Koshanov, N.Xojiyev) “To‘rtko‘l – Qoraqalpog‘istonning birinchi poytaxti” kitobida yozilishicha, “Eski To‘rtko‘l qal’asining o‘rnida To‘rtko‘lyop yoqasidagi tepalik atrofida To‘rtko‘l qishlog‘i bo‘lgan. Qishloqni to‘rt qal’a o‘rab turgan. Shuning uchun To‘rtko‘l deb atalgan”.
👉Rafiq Matchanovning “Qadrdon o‘lkam” kitobida yozilishicha, “Olimlar bu shahar nomini “To‘rtta ko‘l”, “To‘rtta gul” va hokazo bir necha shaklda izohlashadi. 1920-yilda unga rasmiy ravishda “To‘rtko‘l” nomi berilgan. “To‘rtko‘l” so‘zi “qadimgi qal’a xarobalari”ni anglatadi degan fikr ham bor”.

Otauba – Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi ovul fuqarolar yig‘ini nomi. Ovulning o‘z tarixi bor.
Taxminan 1870-yillarda hozirgi Turkmanistonning Lebap viloyatidan turkmanlarning “Ata” urug‘i Amudaryodan o‘tib, shu hududga ko‘chib kelgan.
Bu so‘zning etimologiyasi “Ata+оba” shaklida izohlanib, “ata” turkman urug‘ining nomi, “оba” turkmancha “qishloq”, ya’ni “ata” urug‘ining qishlog‘i” degan ma’noni anglatadi.