Hurmatli fuqarolar!
To'rtko'l tumanidagi "Paxtachi’" OFY namunaviy uy-joylardagi iste'molchilarni tabiiy gaz bilan ta'minlovchi gaz quvurlarida "To'rtko'ltumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli 2023-yil 2-iyun kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to'xtatilishini ma'lum qilamiz. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti bo'limi iste'molchilardan uzr so'raydi.
Hurmatli tabiiy gazdan foydalanuvchi xonadon egalari! Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling. Bu bilan o'zingiz, oila a'zolaringiz xavfsizligini ta'minlagan bo'lasiz. Xonada gaz hidini sezsangiz darhol gaz jo‘mraklarini bekitib, derazalarni ochib xonani shamollating va 104 va 533-04-52 telefon raqamlari orqali avariya dispetcherlik xizmatiga xabar berishingizni so'raymiz.
“To'rtko'ltumangaz” gaz ta'minoti bo'limi
To‘rtko‘l tumani 3-son Musiqa va san’at maktabi binosida sud huquq masalalari bo‘yicha To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Amudaryo, Beruniy tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyalari kvalifikatsiya kollegiyasi rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda, adliya bo‘limi mas’ullari, MIB ishtirok qilib, tuman aholisi murojaatlarni qabul qildilar.
Sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari va tegishli tashkilot rahbarlari ham ishtirok qildilar. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
🔰Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 10 апрелдаги ПҚ-117-сон қарори билан тасдиқланган ташаббусли бюджетлаштириш жараёнини янада такомиллаштириш бўйича чора-тадбирлар режасига мувофиқ жорий йилнинг 15 майидан 15-июнга қадар ҳудудларда фуқаролар ва жамоат ташкилотларидан ташаббусли бюджет жараёнларини такомиллаштириш бўйича таклифлар йигиш назарда тутилган.

🔰Шу боис фуқаролардан ташаббусли бюджет жараёнларини такомиллаштириш  бўйича  таклифларни йиғиш ва уларни мухокама  қилиш юзасидан очиқ мулоқотлар ўтказилади.

🔰Мазкур очиқ мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этишингиз мумкин.

Вақти: 2023 йил 5 июнь соат 15:00
🏢Манзил: Тўрткўл туман ҳокимлиги биноси 1 қават

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇
Forwarded from World Bank Uzbekistan
Qo'shma bayonot

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini olqishlaydi

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) va Jahon banki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishlaydi. Jahon miqyosida va Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya islohotini qoʻllab-quvvatlovchi yetakchi tashkilotlar sifatida ishonchimiz komilki, bu Oʻzbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi kun tartibini ilgari surishda hamda butun hayotlari davomida alohida shaxslar va oilalarning kambagʻallik, zaiflik va ijtimoiy chetlanishini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini, shuningdek Oʻzbekistonning milliy rivojlanish maqsadlari va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

XMT, UNICEF va Jahon banki mamlakatda barchaning manfaati yoʻlida ijtimoiy himoyani rivojlantirish uchun Oʻzbekiston hukumatini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

Bayonotni to'liq matni bilan tanishish uchun havola: https://bit.ly/3oHOLBK
⚡️Бугунги кунда давлат томонидан кафолатланган ижтимоий ҳимоя дастурлари 170 дан ортиқ хизматлар ва ёрдамларни қамраб олган бўлиб, ушбу хизматлар 6 та вазирлик томонидан бир-биридан тарқоқ тарзда фаолият олиб бормоқда.
Аҳолига комплекс ёндашув асосида профессионал ижтимоий хизматлар кўрсатиш тизимини жорий қилиш мақсадида Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ташкил этилди.

Агентликнинг асосий вазифаларидан бири оғир ижтимоий ҳолатга тушган ва тушиш хавфи бўлган аҳоли билан манзилли ишлашни ташкил қилишдан иборат бўлиб, аҳолининг 31 та тоифасига индивидуал ёндашувга мувофиқ ижтимоий хизматларни маҳалла даражасида ташкил этади.

MediaKontentUz

Каналга аъзо бўлиш учун:

https://t.iss.one/mediakontentuz
ISHGA MARHAMAT❗️❗️❗️ Shpaklovka ishlab chiqarish zavodiga taklif qilamiz!

🔴Biz taklif qilamiz:

👨‍🔧- 15 Ishchi hodim qabul qilamiz;
💰- Doimiy o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh;
🎁- Yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar uchun bonuslar;
🍲- Bepul tushlik;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash.

🛑Talablar:

👨‍🔧- Asosan erkak kishilar - 18 yoshdan 50 yoshgacha;
- Korxona ichki tartib qoidalariga rioya qilish;
- Jamoa bilan ishlash;
- Tajriba muhim emas;

🔵Ish sharoitlari:

- Ish vaqti: haftada 6 kun, 8:30 — 17:30 gacha (Yakshanba dam olish kuni)
💰- Maosh ishbay; 3-4 million so'm atrofida

📍 Manzil: To‘rtko‘l tumani, Samarqand ko'chasi, eski cho'yan zavo'di yonida
☎️ Murojaat uchun: +998-93-714-16-17 (Sardor); +998-97-788-41-22 (Ilhom)
#turtkul_sardorlari
To’rtko’l tumani sardorlari Yonboshqal’ada joylashgan 39 - va 47- maktablarda World Aral Region Charity xalqaro tashkiloti bilan birgalikda ekologik loyiha tashkil qilishdi. 1 hafta davomida eko-teatr, eko-injener, eko-issiqxona guruhlariga bo’linib yangi loyihalar o’tkazildi. Faol ishtirokchilar Xalqaro tashkilotning sertifikat va estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

@turtkul_sardorlari