Shundan keyin tuman sektor rahbarlari tomonidan tuman Mudofaa ishlari bo‘limi shaxsiy tarkibi, Mudofaa vazirligi faxriylari, “Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar, o‘quvchilar, Avg‘on urushi qatnashchilari hamda Vatan sarhadlarida yigitlik burchini o`tayotgat askarlarning onalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, 4 nafar faxriy ChQBT o‘qituvchilari “Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalaganligi uchun” medali bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri vatanparvarlik ruhidagi kuy –qo‘shiqlar bilan davom etdi.
https://t.iss.one/turtkulhokim_uz/40969
Forwarded from O'zLiDeP QR Ken'esi
⚡️ O'zLiDeP Қарақалпақстан Республикалық Кеңеси хызметкерлери тәрепинен күнниң суўығына қарамастан өз жумысларын пидайылық пенен атқарып атырған кәсип ийелерине ыссы шай тарқатылды.


👉👉👉https://t.iss.one/uzlidepqr
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 56-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R. SHamuratov boshqarib bordi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiyada kun tartibiga kiritilgan 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
Tuman bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarni qo‘llash to‘g‘risida tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari so‘zga chiqdi.
Tuman majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MIB tuman bo‘limi boshlig‘i D.Qurbanbayev ma'ruza qildi.Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining va doimiy komissiyalarining 2023- yilga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida Xalq deputatlari тuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Masharipov so‘z yuritdi.
Sessiya kun tartibidagi oxirgi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan samarali foydalanish, bo‘sh turgan zaхiradagi kelgusi zaхiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida tuman qishloq xo‘jaligiga ko‘maklashish agentligi rahbari K. Xodjabekov gapirdi.
Maruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu boyicha savollar, mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik oltinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko`rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.

To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
Qutlov !

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori Erkabay Aminovich Tadjievga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi (general-mayor unvoniga teng) maxsus unvoni berildi.

To'rtko'l tuman hokimligi Erkabay Aminovichni berilgan oliy darajali maxsus unvon bilan qizg'in tabriklab, kuch-quvvat, sog'lik-salomatlik va ishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi!

To'rtko'l tumani hokimligi