Bugun 3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni
munosabati bilan To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov 1-sektor hududidagi «Sho‘raxon» ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar xolidan xabar olib, ularga nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari topshirdi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Hech_kim_mehr_va_e’tibordan_chetda_emas 3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tuman hokimi R.Shamuratov «Oqqamish» ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 108 yoshli onaxon Saodat momo Abdullaeva xolidan xabar oldi. Onaxon bilan suhbatlashib, unga salomatlik tiladi. Ushbu tadbirda 3-sektor rahbari M.Sherimbetov, hokim o‘rinbosarlari hamda soha mas’ullari ham ishtirok qilib, onaxonga salomatlik va uzoq umr tilab bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari va nogironlik aravachasini topshirdilar. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
"3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges deputati Z.Abdullaeva hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan To‘rtko‘l tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 11-,33-,59- sonli maktablarda uy ta’limida yakka tartibda ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga bayram sovg‘asi ulashildi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Hech_kim_mehr_va_e’tibordan_chetda_emas 3-dekabr "Xalqaro nogironlar" kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gichgeldieva hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi bilan birgalikda 2-dekabr kuni "Sho‘raxon" OFY hududida joylashgan tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabining
uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilari O.Rajapov, J.Ataev, A.Azimboev, A.Rustamov, B.Saburov xonadanlariga borib ularning holidan xabar olib, yashash sharoiti bilan tanishildi va ularga sovg‘a va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Forwarded from MINENERGY.UZ
Gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda. Uning hajmlarini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda

Yurtimizdagi mavjud gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari yildan-yilga kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Misol uchun, 2021-yilda belgilangan rejaga nisbatan 229 mln metr kub kam tabiiy gaz qazib chiqarilgan, 2022-yilning 11 oyida rejaga nisbatan 5,8 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarildi.

Mamlakatimiz hududlaridagi gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga o‘rtacha 7 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Buning asosiy sababi gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligidir.

Bugungi kunda ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan havo haroratining keskin sovib ketishi sababli quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi va ijtimoiy soha obyektlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad – birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, o‘quv yurtlari, shifoxonalar va boshqalar) energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash hisoblanadi.

Hozirgi kunda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirishning zarur chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan isteʼmolchilardan ushbu holatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan imkon qadar oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz