Sayyor qabul: Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal bo‘lmoqda
Bugun To‘rtko‘l tumani «Ullubog‘» ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimi R.Shamuratov, sektor rahbarlari va tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan tabiiy gaz, elektr energiyasi, yo‘l ta’miri, tibbiy yordam, subsidiya asosida uy, nogironlik aravachasi bilan ta’minlash, ishsizlik, davolanish uchun moddiy yordam bo‘yicha murojaatlar kelib tushib, mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
Bo‘lib o‘tgan sayyor qabul yakunida pedagogika kollejida tahsil oluvchi qizi uchun kontrakt pulini to‘lab berish bo‘yicha murojaat, nogironligi bo‘lgan ikki nafar shaxslarga, salomatligini tiklash uchun va yana oilaviy ahvoli og‘ir bo‘lgan ikki nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy yechim topdi.
Shuningdek, «Otayurt» va «Sho‘raxon» OFYdan kelgan murojaatchilarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha muammolari bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, muddat belgilandi va nazoratga olindi.
#Chellenj
#ona_tilim_faxrim

To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                               WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
«Yashil makon»
«Dolzarb 40 kunlik»
Yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va ko‘rkam maskanga aylantirish, kelajak avlodga toza tabiat va obod makonni qoldirish maqsadida olib borilayotgan «Yashil makon» loyihasi To‘rtko‘l tumanida ham boshlab yuborildi.
Xususan, bugun «Sho‘raxon» ovul fuqarolar yig‘inida yangidan tutzor barpo qilish maqsadida yaxshi niyatlar bilan ko‘chat ekish boshlandi.
Tuman hokimi R.Shamuratov, «Qoraqalpoq agropilla» MChJ, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, «To‘rtko‘l silk karpets», hudud nuroniylari, mas’ullari 2 gektar maydonda tutzor yaratish uchun mo‘ljallangan maydonga tut ko‘chatlarini ekishni boshlab berdilar.
Nuroniy otaxonlar musaffo osmonimiz, tinch yurtimiz ravnaqiga tilak bildirdib, duoga qo‘l ochdilar.
https://turtkul.uz/2022/10/22/yashil-makon-3/ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT