#ona_tilim_faxrim
ONA TILIM
Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
Abdulla Oripov
ONA TILIM
Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
Abdulla Oripov
#ona_tilim_faxrim
To‘rtko‘l tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Madaniyat bo‘limi hamkorligida tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ushbu tarixiy sananing ahamiyati haqida, shuningdek, ona tilimizga bo‘lgan hurmat, davlat tilida ish yuritishda mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, madaniyat bo‘limi xonandalari kuy-qo‘shiqlar ijro etgan bo‘lsa, Xiva shahridagi maxsus maktab o‘quvchilari tomonidan ona tili haqida she’rlar o‘qildi. ✅To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT

To‘rtko‘l tumani hokimining maslahatchisi G.Nazarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Yig`ilish davomida tumanda davlat tili siyosati qay darajada olib borilayotgani hamda bu boradagi muammolar haqida so‘z bordi.