#2_sektor

To‘rtko‘l tumanida yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish masalasi to‘g‘risida sayyor qabul uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibi masalasi yuzasidan Tuman prokurori M.G.Matchanov uchrashuvni ochib berdi va olib bordi.

To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolarini hal qilish yuzasidan aniqlangan kamchilik va muammolar belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi va tegishli topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://turtkul.uz/2022/10/19/tortkol-yoshlar-murojaatlarini-korib-chiqish/ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
DIQQAT E’LON!

Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi
PK,-4271 sonli qarori bilan tasdiqlangan Osiyo rivojlantirish banki
harajatlari hisobidan «Tuyamuyun» suv tozalash inshootida rekonstruksiya
ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2022 yil 20-oktyabr kuni soat 6:00 dan 22:00 gacha «Tuyamuyun-Nukus» magistral suv
tarmog‘iga ichimlik suv yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi haqida ogohlantiramiz. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
Россияда ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига!

Россия Федерациясининг
салоҳиятли иш берувчиси "Велесстрой" корхонаси томонидан Ўзбекистон фуқаролари учун қурилиш бўйича бўш иш ўринлари таклиф қилинади.

🎟 Фуқаролар номига Россия Федерациясида ишлаш ҳуқуқини берувчи патент ҳужжатларининг аксарияти Ўзбекистонда расмийлаштирилади.

Бўш иш ўринлари:

- Каменщик
- антикоррозийщик

💵 Ойлик маош, соатига 210 рубль.

Ишга қабул қилаётган корхоналар: "Велесстрой".

Талаблар:

- 22-50 ёш;
- чет давлатга чиқиш паспортига эга (загран);
- судланмаган;
- Россияга киришга тақиқ йўқ булган фуқаролар.

Танловлар вақти ва ҳудуд:

🗓 2022 йил 21 октябрь Соат 11:00 да:

📍Қорақалпоғистон Республикаси
Манзил:
Нукус ш., Утепова кўч., р/у. "Ишга марҳамат" мономаркази
Мўлжал: "Истиқлол боғи" - Квадрат парк.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.

Қўшимча: ишлаш истагини билдирган фуқаролар, туман аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларидан суҳбатга онлайн тарзда қатнашиши мумкин.

YouTube
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

To‘rtko‘l tuman axborot kutubxona markazida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzusida kitobxonlar va Ko‘p tarmoqli texnikum talabalari doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev, davlat tili masalalari bo‘yicha tuman hokimi maslahatchisi G.Nazarova, "To‘rtko‘lnoma" gazetasi muharriri O‘.Nurullayeva, tuman hokimligi bosh mutaxassisi N.Cherikayeva hamda shoiralar M. Yusupova, M.Hamroyeva va "Onajonim she’riyat" klubi a’zolari qatnashishdi.
Suhbat til haqidagi fikrlar, she’rlar asosida olib borildi. Bundan tashqari 13-MTM tarbiyalanuvchilari ijrosida badiiy chiqishlar tadbirga qatnashgan barchani quvontirdi.
Tadbir yakunida Axborot-kutubxona markazi qoshida tashkil etilgan "Onajonim she’riyat" klubi a’zolariga kitoblar sovg‘a qilindi.
#21_oktabr

"QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM"

Asrlar bo'yi sayqallangan milliy-madaniy qadriyatlarimiz, an’analarimiz qatorida ona tilimizni ham avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir.
Bugun To‘rtko‘l tumanida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiri tuman hokimi R.Shamuratovning tabrigi bilan boshlandi.

Batafsil: https://turtkul.uz/2022/10/19/qadring-baland-bolsin-ona-tilim/ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
TO‘RTKO‘L TUMANIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING O'TTIZ UCHINCHI YALPI MAJLISIDA KO'RIB CHIQILGAN QONUNLARNI TARG'IB QILISH BO'YICHA YIG'ILISH BO'LIB O'TDI

Yig'ilishni Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashi raisi R.Shamuratov ochdi va olib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'ttiz uchinchi yalpi majlisida ma'qullangan qonunlar va ko'rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tuman faollari o'rtasida targ'ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deputati,O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat a'zosi, senator Jalmenov Ulig'bek Abilayevich tashrif buyurdi.
Batafsil: https://turtkul.uz/2022/10/19/tortkol-tumanida-ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-senatining-ottiz-uchinchi-yalpi-majlisida-korib-chiqilgan-qonunlarni-targib-qilish-boyicha-yigilish-bolib-otdi/ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT