Tinchlik-eng oliy ne’mat!
Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar «Yo‘l xaritasi» ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi, xalq ta’limi bo‘limi, "Paxtachi" OFY bilan hamkorlikda To‘rtko‘l tuman XTBga qarashli 6-son umumta’lim maktabida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi X.Ibadullaeva olib bordi. Davra suhbatida yoshlarni vatanga bo‘lgan sadoqat ruhida tarbiyalash, chet elga o‘qishga va ishga ketayotganlar orasida diniy mutaassiblikka berilib ketishning oldini olish, asosan aholi o‘rtasida do‘stlik va birdamlik, tinchlik va osoyishtaligimizni ta’minlashga oid kengroq tarzda tushunchalar berildi. https://turtkul.uz/2022/07/25/tinchlik-eng-oliy-nemat/ 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
To‘rtko‘l tumani "Sho‘raxon" ovul fuqarolari yig‘ini fuqarolarining ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaati bo‘yicha tegishli tashkilot vakillari tomonidan ishchi guruh tuzilib, murojaat yechimi bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Hozirgi kunda havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida aholining ichimlik suvga bo‘lgan talabi oshishi munosabati bilan ushbu hududni suv bilan ta’minlab turgan ikkita nasos agregati nosoz ahvolga kelib qolgan.
Ushbu nosozliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati https://t.iss.one/turtkulhokim_uz/
Ўзбекистон Республикаси аҳолисини ижтимоий ҳимоя қилиш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида https://turtkul.uz/2022/07/26/ўзбекистон-республикаси-аҳолисини-и/
Orzusi ro‘yobga chiqqan ayol Shifobaxsh va vitaminlarga boy limon mevasi hozirgi kunda kelib, yurtdoshlarimiz tomonidan ham yetishtirilmoqda.
Shunday mehnatkash insonlardan biri Oqqamishlik Maratgul opa 10 yildan buyon limon mevasini yetishtirish bilan shug'ullanib, kelmoqda. U o‘z tomorqa yeridan issiqxona tashkil qilib, 40 tup llimon ko'chatlarini ekkan. Hozirgi vaqtga kelib, ko'chatlar bo'y berib, meva tugmoqda. O‘tgan yildan boshlab esa opa hosilni ichki bozorga yetkazib bera boshladi.
Qahramonimiz bilan suhbatda har bir tup ko'chat 10-15 kilogrammgacha meva berishini aytib o'tdilar. Hosilning foydasi yaxshi bo'lganligidan ruhlangan bog‘bon opa, boshqa mevalarni ham yetishtirishga qiziqib qolgan. Bugun uning issiqxonasida banan, mandarin, apelsin ko'chatlari ham parvarishlanmoqda.
O‘z tomorqasida tashkil qilgan ixchamgina issiqxonasidan bugun yaxshigina daromadga ega bo‘lgan opa mehnatning natijasidan zavqlanib, limonzorlarni ko‘paytirishni niyat qilganlar.
Dunyoni ezgulik asraydi
Ko‘zimdan beixtiyor kitob varaqlariga mayda-mayda yosh tomchiladi.
Nahotki, shunday mard, halol va vijdonli zabardast inson ona yurtiga yetolmay halok bo‘lsa...
O‘zbek adibi Shuhratning “Oltin zanglamas” romani shunday yakun topadi. Tuhmatga uchrab 10 yilga “kesilgan” maktab direktori Sodiq panjara ortida ham o‘z insoniyligini yo‘qotmaydi, II jahon urushida mardonavor ishtirok etadi. Yarador bo‘lishiga qaramay mina o‘rnatilgan vaqtinchalik gospitalga aylantirilgan maktab binosini zararsizlantiraman deb qurbon bo‘ladi.
Bu shunchaki, o‘lim emas, urushda halok bo‘lgan millionlab insonlar kabi tinchlik uchun berilgan jon edi, umrboqiy xotira uchun kechilgan hayot, dushmanga qasd qilib olg‘a yurilgan qadam edi.
Urush degan zahri qotil insoniyat boshiga qancha kulfatlarni soldi. Tinchlik uchun million otalar, akalar va ukalar halok bo‘ldi.
Agarda…agarda ularning ichida loqayd, tomoshabin insonlar bo‘lganda hozir biz yashayotgan tinch-osuda hayot bo‘lmas edi. Balki, ota-bobolarimiz qirilib ketib, biz tug‘ilmasdik ham.
Men bugun xotirjam nonushta qilib, yo‘lga chiqdim. Bemalol yangi ish kunimni boshlashim mumkin. Tinchlikning o‘zi bir imkoniyat, samarali ishlar uchun bir zamin.
Yuqorida keltirilgan romanda jangchi yigitlar bir shoda uzum yoki palagidan endi uzilgan qovunni eslab, bir tishlam ham yeyolmay olamdan ko‘z yumadi. Ularning ko‘z yoshi, armoni evaziga bugun osoyishta zamonda yashayapmiz. Qadriga yetmaslik esa noshudlik, ko‘rnamaklik bo‘ladi.
Aziz yurtdoshim, dunyoni ezgulik asraydi.
E.Vohidov satrlari bilan aytganda:
“Kim farangi, kim xabash,
Irq, qon talash, imon talash,
Shulmi insondek yashash,
Armon o‘zing, afg‘on o‘zing.
Keldingmi olamga, demak,
Yetmas uni so‘rmak, yemak,
Yerni etmog‘ing kerak
Bo‘ston o‘zing, rizvon o‘zing. Gulyora Nazarova
Parhezbop va oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan baliqni koʻpchilik sevib isteʼmol qiladi.Bunda baliqchilik bilan shugʻullanib kelayotgan yurtdoshlarimizning hissasi kattadir.
Boshqa sohalar kabi baliqchilkning ham oʻziga yarasha mashaqqati va mas’uliyati bor. Shunday masʼuliyatli ishni o‘ziga kasb qilgan insonlardan biri “Oʻzbekiston” OFYda yashovchi “Santa Gertroda” fermer xoʻjaligi rahbari Xosilbek Xakimovdir. U “Oʻzbekiston” OFYda qarovsiz yotgan yerni obodonlashtirib, hozirgi kunda baliqchlik bilan shugʻullanib kelmoqda.
Suhbat jarayonida u hududdagi hokim yordamchisiga murojaat qilganini va hokim yordamchisigning tavsiyasi bilan 120 mln. so‘m kredit olib, 3 gektar yerda hovuz tashkil etganini bildirdi.
Baliq hovuziga 3.5tonna miqdorida oq baliq, sazan, laqqa, belomur, pyostriy kabi baliq turlari yuborildi.
Bugun 3 nafar fuqaroni ham doimiy ish bilan ta'minlagan tadbirkorning kelajakdagi rejalari katta. O‘zi sevgan kasb orqali xalqimizni sifatli baliq mahsuloti bilan taʼminlashni rejalashtirgan.
#2022_йил_1_августдан

Оилавий шифокор пунктлари ва оилавий поликлиникаларнинг иш самарадорлигини баҳолаш бўйича янги рейтинг тизими жорий қилинади.

🔰 Бунда:

🔹ҳудудда ортиқча вазндан халос бўлиш, тўғри овқатланиш тамойилларига риоя этиш, жисмоний фаолликни ошириш, инфаркт, инсульт, қандли диабет, онкология каби касалликларнинг олдини олиш бўйича кўрсаткичлар асосий мезонлар бўлади;

🔹 ҳар 6 ойда ижобий кўрсаткичларга эришган тиббиёт ходимлари рағбатлантирилади ҳамда энг яхши натижа кўрсатган тиббиёт муассасаси мукофот ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Ҳозирги кунда Тўрткўл тумани Тўрткўл сув олиш иншоотидан Тўрткўл аҳоли пунктигача ичимлик сув тармоқларини реконструкция қилиш ишлари пудратчи ташкилот "Тупроққалъа маҳсусқурилиш" МЧЖ томонидан амалга оширилмоқда.
Бугун пудратчи ташкилот томонидан ўрнатилган ер ости қудуғида (колодец) рўй берган носозлик тезкор ишчи гуруҳи аъзолари билан биргаликда ўрганиб чиқилди ҳамда муаммони бугуннинг ўзида бартарф қилиш бўйича амалий ишлар олиб борилаётганлигини маълум қилиб билдирамиз.

🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati https://t.iss.one/turtkulhokim_uz/
Бугун Тўрткўл тумани ҳокимлигида қишлоқ хўжалиги масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
Йиғилишда туман ҳокими Р.Шамуратов, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши Раиси ўринбосари Д.Кайпов, "Ўздонмаҳсулот" АК раиси 1-ўринбосари Ф.Мусаев, сектор раҳбарлари, ОФЙ ва фермер ҳўжалиги раислари ҳамда соҳа масъуллари иштирок қилдилар.
Кун тартибида аҳолининг озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш мақсадида 2023 йил ҳосили учун ғалла майдонларини экишга тайёрлашга бағишланди. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati https://t.iss.one/turtkulhokim_uz/
Forwarded from Karakalpakstan.uz
Министрлер Кеңеси Баслығының биринши орынбасары тайынланды

Орынбаев Аманбай Тлеубаевич Қарақалпақстан Республикасы Министрлер Кеңеси Баслығының Экология ҳәм Аралбойы аймақларын раўажландырыў мәселелери бойынша биринши орынбасары лаўазымына тайынланды.

А.Орынбаев усы күнге шекем Қарақалпақстан Республикасы Ишки ислер министри лаўазымында ислеп келген.

👉https://karakalpakstan.uz/kk/news/show/3721

Каналға ағза болыў: https://t.iss.one/QResMinistrlerKenesi