Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi

Bugun 25 may. Respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, tumandagi bilim dargohlari ham navbatdagi bitiruvchi yoshlarni mustaqil hayotga kuzatmoqdalar. Joriy yil yurtboshimizning bitiruvchilarga tabrigi barchaga ko‘tarinki kayfiyat va ruh bag‘ishladi. Shu bois tumandagi sektor rahbarlari bitiruvchi yoshlarga Prezidentning tabrigini yetkazib, ularga katta ishonch bildirdilar.

🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
"Alg‘a qadam" she’rlar kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

To‘rtko‘l XTBga qarashli qoraqalpoq tiliga ixtisoslashtirilgan 67-son umumta’lim o‘rta maktabida shu maktabning 10-sinf o‘quvchisi, To‘rtko‘l Axborot Kutubxona Markazi qoshida tashkil topgan "Onajonim she’riyat" klubining faol a’zosi Kunslu Rajabovaning "Alg‘a qadam" she’rlar kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotni maktab direktori ochib berdi. Tuman XTB mutaxassisi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi deputati Zuhra Abdullaeva so‘zga chiqib, ijodkor yoshlar ko‘payayotganidan xursand ekanligini, bu yoshlar esa o‘z izidan uka-singillarini ergashtira oladigan salohiyatli yoshlarbo‘lib yetishganini qayd qilib o‘tdi. Shundan so‘ng klub rahbari, To‘rtko‘l tuman AKM mutaxassisi Munavvara Yusupova Kunslu dil satrlarining mohiyati haqida to‘xtalar ekan, Tabiatni asrash, milliy mentalitetimizga xos qadriyatlar bilan shakllanayotgan iste’dodli haqidagapirdi. Batafsil:https://turtkul.uz/2022/05/25/alga-qadam-sherlar-kitobining-taqdimoti-bolib-otdi/
#So‘nggi_qo‘ng‘iroq To‘rtko‘l tumanida joriy o‘qish yilida 2439 nafar yoshlarimiz “So‘nggi qo‘ng‘iroq”lar bilan yetuklik shahodatnomalarini qo‘llariga olmoqdalar. Shulardan, 30 nafari oltin, 18 nafari kumush medal bilan maktabni yakunlamoqdalar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW