Forwarded from Huquqiy axborot
#2022_йил_1_мартдан

Ёшларга айрим ёрдам турлари (13 та) маҳалладаги ёшлар етакчилари тавсияси асосида берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Mardlik va qahramonlik unutilmaydi
Ma'lumki, 1979-1989 yillar mobaynida Afg'oniston hududida bo'lib o'tgan harbiy harakatlarida tumanimizdan 300 nafardan ortiq yigitlar ishtirok etgan.
Shu munosabat bilan To'rtko'l tuman hokimligi, tuman mudofaa bo'limi, tuman IIB, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, madaniyat bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida joriy yilning 23 fevral kuni Afg'onistondagi harbiy harakatlar tugatilganligining 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida halok bo'lgan jangchilar xotirasiga bag'ishlab o'rnatilgan monumentga gulchambarlar qo'yildi va qur’on tilovat qilindi.
Tadbir davomida Afg'onistondagi harbiy harakatlarning sobiq qatnashchilaridan 80 nafariga tuman hokimligi tomonidan bayram dasturxoni tashkil qilinib, sovg'alar ulashildi. Tadbir yakunida halok bo'lgan va nogiron jangchilarning oilalaridan xabar olindi.https://turtkul.uz/2022/02/23/mardlik-va-qahramonlik-unutilmaydi/ 🟢To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
Adliya vaziri Тo`rtko`lga tashrif buyurdi

Bugun To'rtko'l tumaniga tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vaziri S.Mambetkarimov va tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi Davlat xizmatlari markazi binosi qurilish ishlari bilan tanishdi. Binoning qurilish ishlarini qisqa muddatda va sifatli amalga oshirilishi bo'yicha o'z taklif va mulohazalarini bildirdi. https://turtkul.uz/2022/02/23/adliya-vaziri-тortkolga-tashrif-buyurdi/ 🟢To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |