#online #Jahon_chempionati #Xushxabar To'rtko'l tumanidagi xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-B sinf o'quvchisi Xurramova Bibihol Mansurovnaning 2021 yil 5-7 noyabr kunlari Turkiya davlati Istambul shahrida sportning karate-do shotokan (W.S.F) turi bo'yicha o'tkazilayotgan 11-Jahon chempionatida ishtirok qilmoqda. Eng quvonarlisi shundaki, sportchi qizimiz beshta yo'nalish bo'yicha ikkita oltin, bitta kumush va bitta bronza medallarini qo'lga kiritdi. Bibihol Xurramovani butun To'rtko'l xalqi nomidan muborakbod etamiz!!! 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
#XUSHXABAR
TO'RTKO'L: Osiyо chempionati musobaqasi g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Yoshlarimiz jismonan sog'lom, ma'nan etuk va intellektual rivojlanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o'z natijasini ko'rsatmoqda.
Xususan, bugun 2021 yil 22 noyabr kuni To'rtko'l tumani Madaniyat saroyi binosi oldida joriy yil 17-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida sportning ITKW karate-do turi bo'yicha Osiyо chempionati musobaqasi g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.