1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠 “Tashabbusli budjet” jarayoniga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

📄 Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, har yili tuman va shahar budjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

➡️ Batafsil

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet” jarayonida ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur qarorga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida:

1️⃣ moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklanishi;

2️⃣ “Tashabbusli budjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.

📄 Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

➡️ Batafsil

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х