11-oktabr "Butunjahon qizlar kuni" munosabati bilan To‘rtko‘l tuman MMTB ga qarashli 6-sonli maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Tadbirda tuman targ‘ibot guruhi a`zosi X.Ibodullayeva qatnashib,o‘z hayot tajribalaridan muvaffaqiyatlari, erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Albatta, har bir ayol- qiz bilim olib kasb tanlashda bilim kerakligi, o‘tayotgan har bir daqiqadan unumli foydalanib Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning xotin-qizlarga yaratib berayotgan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi lozimligi uqtirildi.
Bugun 11- oktabr kuni To'rtko'l tumani Madaniyat bo'limi tasarrufidagi Otajon Xudoyshukurov nomidagi 52-sonli Madaniyat markaziga O'zbekiston Respulikasi Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari B. Ahmedov va Qoraqolpog'iston Respublikasi Madaniyat Vaziri B. Temirbayev Madaniyat markazlari faolyatini o'rganish, yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish uchun hizmat safari bilan tashrif buyurishdi.
Mehmonlar birinchi tashrifni Otajon.Xudoyshukurov nomidagi san'at muzeyidan boshlashdi. Muzeyda Otajon Xudoyshukurovning ijodi, ustozlari, oila azolari, olgan unvonlari, do'stlari va qilgan ezgu ishlari haqida yanada chuqurroq ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Shundan keyin 52-sonli madaniyat markazi Xalq teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan ,,Farzandim,, nomli spektakl namoyish etildi. Shundan so'ng mehmonlar va Madaniyat bo'limi ijodiy hodimlari o'rtasida qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.Madaniyat hodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda o'zlarining ajoyib takliflarini ham bildirishdi
Tashrif so'ngida To'rtko'l tumani Madaniyat bo'limi boshlig'i B.Xudoyshukurov O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari B.Ahmedovga Otajon Xudoyshukurov tavalludining 80 yillik yubileyi munosabati bilan estalik sovg'alarini topshirdi. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Қарор ижроси амалда
Янги мактабгача таълим ташкилоти биноси қурилиши жадал суръатларда олиб борилмоқда
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 18 сентябрдаги "Ислом тараққиёт банки ва ОПЕК халқаро тараққиёт жамғармаси иштирокида "Қишлоқ жойларни барқарор ривожлантириш" лойиҳасини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисидаги ПҚ-5246-сон қарорига асосан Тўрткўл тумани “Уллубоғ” овул фуқаролар йиғинида 5000 м кв майдонда 210 ўринли мактабгача таълим ташкилоти биноси қад ростламоқда.
Қурилиш ишлари жорий йил июл ойида бошланган бўлиб, лойиҳа қиймати 7 197.889 млн сўмни ташкил қилади.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG