Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdagi
87-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengas’hi deputatlari, tegis’hli tas’hkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnas’hdilar.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
Kun tartibidagi birinchi masala - 2024-yilda To‘rtko‘l tumanida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish va ularni kasb-hunarga o‘rgatish, doimiy ishga joylashtirish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali bandligini ta’minlash to‘g‘risida dastlab tuman xokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I. Jumabaeva ma’ruza qildi.
To‘rtko‘l tumanida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan fuqarolar tashabbusining 2024-yil 2-mavsumi doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida shakllangan va g‘olib bo‘lgan takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida hamda Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan To‘rtko‘l tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2024-yil 1-iyul holatiga ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari I.Bakkaev nutqi tinglandi.
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi G‘.Kurbanbaev so‘zga chiqdi.