🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
Photo
"Biz bir bólsak- yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz" shiori ostida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev va tuman hokimi maslahatchisi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar guruhi a’zosi G.Nazarova bilan hamkorlikda “Tozabog‘yop” OFY hududida "Biz bir bólsak- yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz" shiori ostida “Oila ma'naviyat qo'rg'oni” hamda “Baxtli bo‘lish o‘z qo‘lingda!” mavzularida tag‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, eng avvalo inson qadri uchun qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun-mohiyati, jamiyatimizda milliy va an'anaviy qadriyatlarni e'zozlash, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning zararli oqibatlari to‘g‘risida profilaktika ishlarini olib borish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bo‘yicha sharhli tushunchalar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida “Tozabog'yop” OFY hududida ko‘p yillar davomida mehnat qilgan nuroniy otaxon va onaxonlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasining tashakkurnomasi topshirildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
To‘rtko‘l tumani hokimligi majlislar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
Photo
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Repsublikasi bosh mutaxassisi N.Jamolov, tuman hokimi o‘rinbosari U.Allabergenov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmsi rahbari J.Settiev o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar va o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash kerakligi, tinchlik oliy ne’mat ekanligi, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat, turli millat va e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash hamda terrorizm, ekstremizm, turli oqimlardan yoshlarni asrashga qaratilgan, jumladan, “ommaviy madaniyat”ning turli illatlaridan himoya etish, tinchligimizni ko‘ra olmayotgan tashqi kuchlardan yoshlarimizni asrash, telefon va internent tarmoqlaridan foydalanish madaniyati mavzusida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda mahalla yettiligi, otinoyilar, nuroniylar va yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan javoblar olishdi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

To‘rtko‘l tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman prokurori o‘rinbosari I.D.Karimov raisligida tuman prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi departament, MIB, sektor rahbarlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda ijtimoiy soha ob’ektlari rahbarlari, mahalla raislari va faollari, tijorat banklari hamda boshqa muassasalar rahbarlari va mas’ullari ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.
Unda joriy yilning 1-yarmida hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyat muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tuman hokimi 1-o‘rinbosari Sh.Xudaynazarov ishtirok qildi.
Yig‘ilish muhokamasida sohaning asosiy yo‘nalishlari hisoblangan jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi muammolarni hal etishga kompleks yondashilganligi ta’kidlandi.
Bu davrda o‘tkazilgan 85 ta nazorat tadbirlari natijasiga ko‘ra, qonunchilik talablariga zid bo‘lgan hujjatlarga nisbatan 80 ta protestlar keltirildi, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish haqida 47 ta taqdimnomalar kiritildi, 81 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlik masalasi hal qilindi, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 849 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Shuningdek, yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishi qarori qabul qilindi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati