#Ko‘rgazmali_seminar

Xorazm viloyatida "Ipakchilikda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tayyor turdagi eksportbop ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish" mavzusidagi o'quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi.

🔹 Unda Qoraqalpog'iston respublikasidan tuman hokimi o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari bilan birga To`rtko`l tumani vakillari, pillachilik klasterlari rahbarlari ishtirok etdilar.

🔵 Dastavval Bog'ot tumanida joylashgan namunaviy qurtxona majmuasi bilan tanishildi, mazkur qurtxonada yiliga 5-6 martagacha pilla qurtini boqish amaliyotini joriy qilish ustida olib borilayotgan tajriba seminar ishtirokchilariga tushuntirib o'tildi.

Shundan so'ng, Xiva shahrida joylashgan "Khiva silk fabric" korxonasi faoliyati o'rganildi. Shuningdek ishlab chiqarilayotgan ipak matolari shourumi bilan tanishildi.