#Jarayon

Ayni kunlarda hududlarda elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimlarini nazoratdan o‘tkazish va ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.

Albatta bunday ishlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish xamda istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taminlash maqsadida olib borilmoqda.
Bugun soha mutaxassislari “Nurli yo‘l” MFY hududida joylashgan 33-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
#Ko‘rgazmali_seminar
#To‘rtko‘l_tajribasi

Suv resurslaridan samarali foydalanish natijasida yuqori natijadorlikka erishish maqsadida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-107-sonli qaroriga asosan, mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha bugungi kunda suvni tejaydigan texnologiyalar qamrab olgan maydon sug‘oriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib, buning hisobiga 2023 yilda 3 mlrd kub metr suv iqtisod qilindi hamda 830 ming gektar takroriy ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirildi.
⚡️Tadbirkorlar bilan manzilli uchrashuvlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaat va takliflarini jamlash va tahlil qilish bo‘yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi To'rtko'l tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi tadbirkorlar bilan har kun manzilli  uchrashuvlar o’tkazilib, ularning muammo va takliflari o'rganilmoqda. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️