This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbidan kamol topib…
yohud hech qanday ovozni eshitmay turib qanday qilib mohir sartarosh bo‘lgan yigit haqida


Bekzod mana bir necha yillardan buyon sartaroshlik kasbi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning hamisha keladigan o‘z mijozlari bor. Chunki, sartaroshning xizmatidan mamnun bo‘lgan ko‘pgina yigitlar soch-soqollarini unga oldiradilar.Ammo, sartarosh yigit bu darajaga qanday eirishdi?!
Tug‘ma qulog‘i eshitmaydigan bo‘lib tug‘ilgan Bekzod maxsus maktabda ta’lim oldi. Ammo, amakisining hunari uni o‘ziga tortib, u bo‘sh vaqti topildi degunda sartaroshxonaga chopardi. Qiziqish yigitchani kasbni mukammal egallashiga sabab bo‘lib, u 4-5 yil davomida amakisining shogirdi bo‘lib sevgan kasbini mukammal egalladi.
-Kuniga 5-10 nafarga yaqin mijozlar bilan ishlayman. Kasbim o‘zimga yoqadi, «deydi» Bekzod o‘z ishidan faxrlanib.
Bugun o‘z ukasi bilan sartaroshlik qilib kelayotgan Bekzodning ishlari yaxshi. Aka-ukalar ijaraga olgan binoda mijozlar gavjum.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati
«Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligida yana bir yurtdoshimizning mehnatlari munosib e’tirof etildi.
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Suyunova Ozoda Nurullaevna yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov mukofotni topshirar ekan, ko‘p yillik mehnat stajiga ega mohir pedagog O.Suyunovaning ishlariga omadlar tilad
i. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Matbuot anjumani

Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan ayol-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusiga bag‘ishlandi. To‘rtko‘l tumanida jami 49 fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib (15 ovul, 34 ta mahalla fuqarolar yig‘ini) mahallalarda xotin-qizlar bilan tizimli ishlash uchun yo‘l xarita ishlab chiqilib ijroga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, qo‘mitaning yillik “Yo‘l xaritasi” talablarini inobatga olgan holda har bir mahalladagi xotin-qizlar faolining yillik ish rejalari ishlab, tasdiqlanib ijroga yo‘naltirilgan.
Matbuot anjumanida tuman hokimi R.Shamuratov, tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumaboeva Oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularni kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha axborot berdi.
"Vatan muqaddas, doʻstlik bebaho!"

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi Maʼnaviyat va Maʼrifat kengashining majlisida har bir soha vakillari oldiga yosh isteʼdodlarni izlab topish va ularni ragʻbatlantirish borasida topshiriqlar bergan edi. Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi "Vatan muqaddas, doʻstlik bebaho" nomli mushoira tanlovini oʻtkazish boʻyicha nizom qabul qildi.
Nizom asosida Toʻrtkoʻl tumani hokimligi, tuman Axborot kutubxona markazida mushoira tanlovi uyushtirdi. Mushoira tanlovida 15 dan ortiq yosh isteʼdodlar ishtirok etdi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toʻrtkoʻl tumani boʻlinmasi rahbari J.Settiyev, tuman hokimligidan N.Cherikaeva, Davlat tili masalalari boʻyicha tuman hokimi maslahatchisi G.Nazarova va Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi M. Yusupova, Tuman Axborot kutubxona markazi direktori U.Matniyozov yosh isteʼdodlarning sheʼrlarini eshitib, nizomda koʻrsatilgan talablar boʻyicha baholashdi. Batafsil