#Iftorlik

“Osiyo” to‘yxonasida ro‘zadorlar uchun iftorlik tashkil etildi

Yurtimizda azaldan Muborak Ramazon oyini mehr-muruvvat, saxovat va shukronalik bilan o‘tkazish odat tusiga kirib qolgan. Shu bois Ramazon oyida ro‘zadorlarga e’tibor ko‘rsatish chiroyli qadriyat sifatida qadrlanadi.
Bugun To‘rtko‘l tumani “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan muhtasham “Osiyo” to‘yxonasida ham ro‘zadorlar uchun iftorlik tashkil etildi.
Unda tuman hokimi R.Shamuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan keyin tuman imom xatibi so‘zga chiqib ushbu oyning fazilatlari haqida so‘z yuritdi.
Iftorlik tadbirida sektor raҳbarlari, ҳokim o‘rinbosarlari, maҳalla fuqarolar yig‘ini raislari, faxriy nuroniylar "Temir daftar", "Ayollar daftari" ga kiritilgan fuqarolar, ro‘zador otaxon va onaxonlar ishtirok qildilar.

Tadbir davomida nuroniy otaxon va onaxonlar Qur’on tilovat qilib, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilab duoga qo‘l ochishdi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG