🌐 𝗧𝗢'𝗥𝗧𝗞𝗢'𝗟_𝗣𝗥𝗘𝗦𝗦 / 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟
9.8K subscribers
59.7K photos
6.48K videos
123 files
18.5K links
Download Telegram
🌐 𝗧𝗢'𝗥𝗧𝗞𝗢'𝗟_𝗣𝗥𝗘𝗦𝗦 / 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟
Photo
2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 15-16-mart kunlari oralig‘ida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi kengashi tоmonidan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!”  shiori ostida sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘qituvchi hamda ishchi xodimlar o‘rtasida musobaqaga start berildi.
Musobaqaning hududiy bosqichida jami 630 nafardan ortiq o‘qituvchi hamda ishchi-xodimlar qatnashib, final bosqichida 12 ta jamoada 108 nafardan ortiq o‘qituvchi hamda ishchi xodimlar qatnashdilar.
Bugun 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada faxrli 1-o‘rinni 30-sonli, 2-o‘rinni 1-sonli, 3-o‘rinni To‘rtko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasi va 25-sonli umumiy qo‘rta ta’lim maktablari jamoalari egalladilar.
Musobaqaning yakunida sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Obod maskanga aylantirish maqsadida

Bugun kun davomida hududlar bilan birgalikda qabristonlarni ham obod qilish maqsadida  tozalah, ohaklash, ko'chatlar ekish ishlari olib borildi.
Bu ishlarda mahalla, korxona-tashkilot ishchilari,
yoshlar bilan bir qatorda jamotchilik asosida faoliyat yurituvchilarnig o‘z hissasi bor.
Umumxalq hashari yakshanba kuni ham davom etadi. Barcha yurtdoshlarimizni ertaga hasharda faol bo‘lishga chorlaymiz. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG