"ILMLI AYOL- JAMIYAT KO‘ZGUSI" MAVZUSIDA

To‘rtko‘l tuman Axborot kutubxona markazi o‘quv zalida "Ilmli ayol- jamiyat ko‘zgusi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida tuman xotin qizlar bo`limi boshlig`i, tuman hokimi o‘rinbosari Inobat Jumaboeva, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari Jonibek Settiev, otinoyi, mehnat faxriysi Nurposhsha Matniyozova, "To‘rtko‘lnoma" tuman gazetasi muharriri, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoiralar O‘g‘iljon Nurullaeva, tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassisi Munavvara Yusupova, "Toshkent" MFY mahalla raisi Murotboy Matkarimov hamda mahalla faollari qatnashdilar. So‘zga chiqqan I.Jumaboeva, O‘.Nurullaeva va N.Matniyozovalar o‘zlarining hayot yo‘llarini aytib berishdi. Tadbir yakunida tuman axborot kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan faxriy ayol qizlarga kitob sovg‘a qilindi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun ushbu loyiha doirasida To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi tomonidan, To‘rtko‘l tumani “Yashnobod” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil qilindi.
Huquqiy aksiya doirasida kelib tushgan uy joy hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida 50 dan ortiq murojaatlar barcha murojaatlar mutadsaddi tashkilotlar hamkorligida o‘rganib chiqilib amaldagi normativ huquqiy hujjatlar asosida joyida tushuntirish berildi va 8 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Mazkur aksiya 2024 yil 20 martgacha davom etadi.