#Paxta_mavsumi_2023

 Bugun To‘rtko‘l tumani «Oqboshli”  OFY,  "Oqboshli oltin xirmoni" fermer xo‘jaligi hududidagi paxta dalalarida mehnat qilayotgan terimchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida 57-son “Shodlik” madaniyat markazi ijodiy xodimlari tomonidan "Xormang paxtakorlar " mavzusida dam olish konsert dasturi taqdim qilindi.

"Tozabog‘yop”,  "Kaltaminor”,  “Yonboshqalʼa” OFY hududidagi paxta dalalarida mehnat qilayotgan terimchilarning madaniy xordiq chiqarishlariga ko‘maklashish maqsadida bunday tadbirlar tumandagi Otajon Xudoyshukurov nomli 52-son, 55-son "Sahro sadosi" madaniyat markazi  ijodiy xodimlari tomonidan ham tashkil qilindi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Paxta_mavsumi_2023
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Fidoiy_yoshlar_otryadi

Bugun To‘rtko‘l tumani markazidan olisda joylashgan “Yonboshqalʼa” OFY hududida Yoshlar ishlari agentligi , “Fidoiy yoshlar” otryadi yoshlari birgalikda paxta terimida qatnashib, oq-oltin xirmoniga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Kun yakunida paxta terimida ko‘ngilli ravishda ishtirok qilib o‘z tengdoshlaridan ko‘p paxta terib kelayotgan terimchi yoshlarga Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i B.Yangiboyev boshchiligida sovg‘alar taqdim etildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
“ХЭТ”АЖ Қорақалпоғистон ҳудудий филиалининг 2023 йил 27 сентябрь кунги 216-сонли Телефонограммасига асосан 2023 йилнинг 3 октябрь кунлари I-СШ-110 кВ, В-Л-Уллубоғ-110 кВ, В-Л-Тўрткўл-1-110 кВ, ОСВ-110 кВ Л-Уллубоғ-110 кВ, Л-Тўрткўл-1-110 кВ 110/35/6 кВ ёрдамчи станциясида жорий таъмирлаш ишлари бажарилиши муносабати билан соат 09:00 дан 18:00 гача Дўстлик, Боғёп, Истиқлол, Тошкент, Кўна Тўрткўл, Жайҳун, Нурли йўл, Мустақиллик, Беруний, Янгиобод, Тўрткўл, Яккатол, Шодлик, Беруний, Гулистон, Ибн Сино, МФЙ лар ва Уллубоғ, Тозабоғёп ОФЙларида электр энергияга чеклов киритилишини маълум қилиб билдирамиз.
Тўрткўл ТЭТ маъмурияти
Диққат эълон!
Туманимиздаги ёш тадбиркорлар ва энди тадбиркорлигини бошламоқчи бўлаётган ёшлар! Сизда табиркорлик қилиш истаги бор, иш бошлаш учун маблағлағингиз етарли, бизнес режангиз мавжуд аммо, амалга ошириш учун ер майдонингиз йўқми? Ундай бўлса Тўрткўл тумани “Тозабоғёп” ОФЙ ҳудудида жойлашган “Ёшлар саноат ва тадбиркорлик зона”си ҳудудидан онлайн савдоларга қўйилган жами 20 та ер майдонларининг аукцион савдоларида иштирок қилинг, ўз тадбиркорлигингизни бошланг. Аукцион савдолари жорий йилнинг 4-6-16 октябр кунлари бўлиб ўтади.
Мурожаат учун телефонлар 61-532-20-45, 93-485-55-67
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi_amalda

To‘rtko‘l tumani To‘rtko‘l mahallasida 1804 aholi istiqomat qiladi.
Mahallada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qarori asosida 3 ta xonadon ro‘yxatga olingan bo‘lib, shulardan biri Islom Qo‘chqorov xonadonidir. Ushbu xonadon egasi bugungi kunda nafaqada.Bobosidan meros bo‘lib qolgan joy 1952 yilda qurilgan bo‘lib, uyni ta’mirlash imkoni bo‘lmagan.
Ishchi guruh tomonidan o‘rganilishi natijasida uy davlatimiz tomonidan qayta tiklab berish uchun tavsiya qilindi.Bugungi kunda uyning oxirgi ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va tez kunlarda egasiga topshiriladi.