Forwarded from Karakalpakstan.uz
Беруний туманида тадбиркорлар билан учрашув бўлиб ўтди.

Тўлиқ ўқиш

Каналға ағза болыў
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Мahsus_videorolik QAROR VA IJRO O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 500-sonli qaroriga muvofiq To‘rtko‘l tumani «Tozabog‘yop» ovul fuqarolar yig‘inidagi ichki ko‘chalarda tuproq yo‘llarni qum-shag‘al yo‘llarga o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qonunchilikdagi yangiliklar:
1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi PQ-92-son qarorining 5-bandi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-mart kungi “Keksalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g‘risida” gi PQ 92-sonli qarorining 4-bandi hamda O’zbekiston Faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvining 2023-yil 13-iyul kungi topshirig‘iga asosan har bir mahallada “Bir nuroniy o’n yoshga mas’ul” tamoyili asosida yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakilllari tajribasidan foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o’rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilish va ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida bugun 1-avgust kuni To‘rtko‘l tumani O.Xudayshukurov nomidagi madaniyat saroyida "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovni “Nuroniy” jamg‘armasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi raisi-Yu.Xodjaniyazov, To‘rtko‘l tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Atadjanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi raisi J.Settiev, Yoshlar agentligi To‘rtko‘l tuman bo‘limi boshlig‘i B.Yangibaev, To‘rtko‘l tuman madaniyat bo‘limi mutaxassisi Z.Allashevalardan iborat hakamlar faol nuroniylar chiqishlarini baholab borishdi.
Ko‘rik-tanlovda 4-sektorga qarashli “Tinchlik” mahallasidan nuroniy Qosimboy ota Avezov 1-o‘rinni, 2-sektorga qarashli "Beruniy" mahallasidan Fatima ona Ro‘zumova 2-o‘rinni, 1-sektorga qarashli "Yashnabod" mahallasidan Gulimxon ona Rajapova 3-o‘rinni, 3-sektorga qarashli "Ko‘kcha" ovulidan Saxiy ota Jusupbekov 4-o‘rinni egalladi. 1-o‘rinni egallagan nuroniy Q.Avezov Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘oliblar Respublika “Nuroniy” jamg‘armasining Diplomi va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.