🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
12.5K subscribers
61.3K photos
6.71K videos
126 files
19.1K links
Download Telegram
Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi β€œYoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toβ€˜gβ€˜risida”gi PQ-92-son qarorining 5-bandi, Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 mart kungi β€œKeksalarni har tomonlama qoβ€˜llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir chora- tadbirlar toβ€˜gβ€˜risida” gi PQ 92-sonli qarorining 4-bandi hamda Oβ€˜zbekiston Faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoβ€˜llab-quvvatlash β€œNuroniy” jamgβ€˜armasi boshqaruvining 2023-yil 13-iyul kungi topshirigβ€˜iga asosan har bir mahallada β€œBir nuroniy oβ€˜n yoshga mas’ul” tamoyili asosida yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllari tajribasidan foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar oβ€˜rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targβ€˜ib qilish va ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ijtimoiy faol boβ€˜lgan nuroniylarni ragβ€˜batlantirish maqsadida 21-iyul kuni Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani β€œKaltaminor” OFY da joylashgan 10-son umumiy oβ€˜rta ta’lim maktabida 2-sektorga qarashli mahallalar oβ€˜rtasida "Bir nuroniy oβ€˜n yoshga mas’ul" mavzusidagi koβ€˜rik-tanlov oβ€˜tkazildi.
Koβ€˜rik-tanlovni β€œNuroniy” jamgβ€˜armasi Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman boβ€˜limi raisi-Yu.Xodjaniyazov, Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman "Nuroniy jamoatchilik kengashi" raisi oβ€˜rinbosari, Oβ€˜zbekiston Respublikasi "Qizil yarim oy" jamiyati Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman boβ€˜limi ijrochi direktori-A.Sultanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman boβ€˜linmasi mutaxassisi-Sh.Latipbaevdan iborat hakamlar 3 ta shart asosida baholab borishdi.
Koβ€˜rik-tanlovda β€œBeruniy” mahallasidan nuroniy-Ruzumova Fatima 1-oβ€˜rinni egallab, tanlovning tuman bosqichiga yoβ€˜llanma oldi. Gβ€˜oliblar va faol ishtirok qilgan nuroniylar β€œNuroniy” jamgβ€˜armasi Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman boβ€˜limining β€œTashakkurnoma”si va fuqarolar yigβ€˜inlarining esdalik sovgβ€˜alari bilan taqdirlandilar.
βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
"Π’ΡžΡ€Ρ‚ΠΊΡžΠ»Π½ΠΎΠΌΠ°" газСтасининг 11-12-13 сонлари Π±ΠΈΠ»Π°Π½ Ρ‚Π°Π½ΠΈΡˆΠΈΠ½Π³πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani Qoβ€˜riqlash boβ€˜limi xodimlari oβ€˜zlariga biriktirilgan qizil toifadagi 3 nafar yoshlar - Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani Β«BazirganΒ» MFY hududidagi Bahodir Amanmatov, β€œNurota” MFY hududidagi Arslon Yaxshimuratov hamda β€œYashnobod” MFY hududida istiqomat qiluvchi Yelgiza Arslanovalarning holidan xabar olinib, ularga amaliy yordamlar koβ€˜rsatish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berildi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Qabul
Bugun 3-sektor rahbari, tuman IIB boshligβ€˜i M.Sherimbetov ham murojaatlarning qonuniy yechimini ta’milash maqsadida fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Mahalla faollari bilan uchrashuv:
Tinchlik - oliy ne’mat

β€œMustaqillik” MFY binosida "Tinchlik - oliy ne’mat", "Ogohlik - davr talabi", " Internet tarmogβ€˜idan toβ€˜gβ€˜ri foydalanish"hamda "Korrupsiya-rivojlanish kushandasi" mavzusida uchrashuv boβ€˜lib oβ€˜tdi.
Tadbirda Din ishlari boβ€˜yicha Qoraqalpogβ€˜iston Respublikasi Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani boβ€˜linmasi bosh mutaxassisi B.Jumaniyazov, targβ€˜ibot guruhi rahbari Z.Abdullaeva, mahalla faoli Z.Tillaeva, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi va mahalla faollari qatnashdilar.
Tadbir davomida yigβ€˜ilgan faollarga "Adashganlar", "Ogohlik"mavzusidagi videorolikni qoβ€˜yib, har bir oβ€˜tgan tinch kunimizga shukronalik keltirib, kelajagimiz boβ€˜lgan yoshlar tarbiyasiga ogoh boβ€˜lish kerakligi, hozirgi kunda boshqa davlatlardagi vaziyat, tinchlik, osoyishtalikni qadriga yetish lozimligi toβ€˜gβ€˜risida fikr yuritildi.