ADABIYOTIMIZNING QO‘SH DARG‘ALARI
Bugun To‘rtko‘l tumandagi 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi , Resublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tuman bo`linmasi bilan madaniyat bo‘limi xodimlari, umumta’lim maktablarining targ‘ibotchilari va o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari va kollej talabalari hamda OAV vakillari ishtirokida qoraqalpoq adabiyotining buyuk va betakror namoyandalari, O‘zbekiston Qahramonlari – I.Yusupov va T.Qayipbergenov xotiralariga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Kechani Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev ochib berdi va qoraqalpoq adabiyotining bu ikki buyuk darg‘alarining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari haqida ta’kidladi.

So‘ngra “To‘rtko‘lnoma” gazetasi bosh muharriri O‘.Nurullayeva, 43-son umumta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti o‘qituvchisi Sh.Jaqsiliqova, 50-son umumta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti o‘qituvchisi I.Kudiyarov I.Yusupov va T.Qayipbergenovning hayoti va ijodi haqida to‘xtaldilar.Kechaning badiiy qismida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan I.Yusupov qalamiga mansub “Esar Jayhun shamollari” she’ri asosida yaratilgan qo‘shiq, 67-son umumta’lim maktabi o‘qituvchisi A.To‘legenova tomonidan “G‘ozlarning qanotida” she’ri asosida yaratilgan qo‘shiq va qoraqalpoq folklyor ansambli badiiy rahbari A.Qadamov tomonidan “Ovulimda to‘y” qo‘shig‘i ijro etildi.
17- va 67-son umumta’lim maktablarining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan go‘zal raqslar kechaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbirda tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan I.Yusupov va T.Qayipbergenov qalamiga mansub badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

#9_май «Мотамсаро она» ёдгорлиги олдида танлов:
ҒОЛИБ АНИҚЛАНДИМИ?
Иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш ва уларнинг қобилиятларини юзага чиқариш мақсадида бугун Тўрткўл тумани «Мотамсаро она» ёдгорлиги олдида танлов ташкил қилинди.
Оммавий ахборот воситалари вакиллари ташаббуси билан ташкил қилинган ушбу танловда рассомчиликка қизиқиши бор бўлган иқтидорли ёшлар иштирок қилдилар. Тадбир тумандаги “Мотамсаро она” ёдгорлиги олдида ташкил қилинган бўлиб, иштирокчилар ёдгорлик тасвирини қоғозга кўчиришлари топширилди.