Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германия Федерал Президенти Франк-Вальтер Штайнмайернинг таклифига биноан ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Федерального Президента Германии Франка-Вальтера Штайнмайера отбыл в эту страну с визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
HECh KIM MEHR VA E’TIBORDAN ChETDA QOLMAYDI...

Bugun To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” ovul fuqarolari yig‘ini 11-bo‘limida katta shodiyona bo‘lib o‘tdi.
Ushbu hududda ko‘p yillardan buyon yashab kelayotgan 1-guruh nogironi Saparbay Karaevlar oilasi katta quvonchda. Oila “Temir daftar”ga kiritilgan bo‘lib hokimlik, ovul faollari yig‘ini va homiylar tomonidan qo‘llab quvvatlab kelinayotgan edi.
Sektor rahbarlari, ovul oqsoqollari maslahati va xomiy harakati bilan ushbu oilaning yashash joyini ta’mirlash rejalashtirildi.
Bir necha yillardardan buyon moddiy qiynalayotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj xonadonlarga xalqning ko‘llab-quvvatlashi va ko‘magida xomiylik qilib kelayotgan “Ali Egam presstije” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ali Egamberdiev ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda ish boshladi.
-Mas’ullar e’tibori sabab xonadonni tamirlamoqchi edik, ammo, uy eskiligi sababli yurtdoshlarimiz qo‘llab-quvvatlashi bilan uyni yangidan qurib berishga qaror qildik.Chunki, oilada 65 yoshga borib qolgan nogironligi bo‘lgan Saparboy aka va uning 80 yoshni qoralagan onasi yashaydi xolos... -deydi A.Egamberdiev.
Ko‘pning ko‘magi bilan yaxshi niyatlarda boshlangan ish bugun chiroyli yakun topdi. Yangi imoratga ko‘chib o‘tish ham katta bayramga aylanib ketdi. Zero, xonadon egalarining yaxshi kunida xizmat qilish uchun tumandagi el ardog‘idagi xushovoz xonandalar ishtirok qildilar.
Quvonchli tadbirda tuman hokimi R.Shamuratov hamda 3-sektor rahbari, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Sherimbetovlar ham tashrif buyurib, xonadon egasini qutladilar va qimmatbaho savg‘a topshirdilar.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG