Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To‘rtko‘l tumani hokimligi kichik majlislar zalida “Tumanda ishsiz ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
"Yashil makon" aksiyasi davom etmoqda

Barchamizga ma’lumki, yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish orqali ekologik vaziyatni mo‘tadil saqlash maqsadida 25-mart kunidan 5-may kunigacha «Yashil makon» umummilliy aksiyasining «Dolzarb 40 kunligi» davom etmoqda. Loyiha doirasida mahallalarda, tashkilotlarda, qolaversa xonadonlarda mevali va manzarali ko‘chatlar ekish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha asosida tumanda jami 1137000 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, kuz faslida 540 600 tup, joriy yil bahorda ko‘zlangan 710600 tup mevali va manzarali ko‘chat o‘rniga 734700 tup ekildi. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Xususan, bugun 1-sonli kasb-hunar maktabi hududidagi yer maydoniga 60 tupdan ortiq har-xil turdagi mevali ko‘chatlar ekildi.
Umummilliy aksiyaning bugungi jarayonida tuman hokimi R.Shamuratov, hokim o‘rinbosarlari, ta’lim muassasasi va tegishli tashkilot rahbarlari, bilim dargohi jamoasi ushbu jarayonda faol qatnashdilar. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW