Ko'chat ekish bo'yicha “Dolzarb 40 kunlik” doirasida tuman hokimi R.Shamuratov boshchiligida hududga iqlimga mos mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek, hududni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.
Ko'rgazmali seminar ishtirokchilari «O'zbekiston» ovul fuqarolari yig'inida «Amina momo» fermer xo'jaligidagi 3,5 gektarlik bog'idagi to'qsonbosti sabzavot ekinlari ekilishida ham ishtirok qilishdi.
Ushbu bog'da asosan olma, nok, shaftoli kabi mevali daraxtlar ekilgan bo'lib, bugun bu erda piyoz urug'i va sarimsoqpiyoz ekilishi bo'yicha ko'rgazma tashkil etildi. Ovul fuqarolari yig'ini raislariga xonadonlarda to'qsonbosti ekinlarini ekish ahamiyati, undan olinadigan daromad borasida mutaxassislar tomonidan ma'lumot berildi, mavzu yuzasidan fikrlar bildirilib, savollarga javoblar olindi. Shu bilan birgalikda ushbu ekinlarni ekishda ahamiyat qaratish lozim bo'lgan jihatlar aytilib, keng turda tushunchalar berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston" ovul fuqarolari yig'ini raisi Xayitboy Djumaniyozovdan to‘qsonbosti ekini bo‘yicha mobil intervyu
«Sho'raxon» ovul fuqarolar yig'inida davom etgan seminar jarayonida tuman hokimi R.Shamuratov aholining tomorqa erlaridan samarali foydalanishi uchun tokzorlarni ko'paytirish, bunda Oltiariq usulidagi uzum ekish ishlarini tajriba sifatida qo'llash, uzumchilikdan olinadigan sof daromad to'g'risida tushuncha berib o'tdi. Shuningdek, soha vakillari tomonidan uzum etishtirishda ahamiyat qaratish lozim bo'lgan so'ritok ishlash to'g'risida, bizning iqlimda uzumni parvarishlash, uzum navlari va ulardan samarali foydalanish borasida hamda “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida toklarni ko'paytirish natijasida o'z iste’molidan tashqari uzumni eksportga chiqarish imkoniyatlari mavjudligi bo'yicha misollar bilan birgalikda keng ma'lumotlar berildi.
Aytib o'tish joizki, tumanda tokzorlarni ko'paytirish maqsadida 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumida 5 ta ovul fuqarolari yig'ini hududida shu kungacha 18 mingdan ortiq uzum ko'chatlari ekildi va bunday ahamiyatli ishlar davom etadi.

#Yashil_makon
"Yashil makon" aksiyasi doirasida"Sho'raxon" ovul fuqarolari yig'inida uzum ko'chatlarini ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ovulda har bir oilada tokzorlarni ko'paytirish maqsadida tomorqa maydonlariga mevali daraxt bilan bir qatorda uzum ko'chatlari ham ekmoqdalar.
Loyiha doirasia tuman hokimi R.Shamuratov hududda ko'chat ekishda ishtirok qildi. Ko'chat ekish ishlarida tuman hokimining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari, ovul fuqarolar yig'ini raisi, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ovul fuqarolari ham faol qatnashmoqdalar.