#yashil_makon "Yashil makon" loyihasi doirasida 30-sonli umumta`lim maktabida archa nihollari ekildi. Aksiya davom etmoqda. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining qabul qilinganiga 30 yil to'lishi munosabati bilan To'rtko'l tumani FXDYo bo'limi tomonidan To'rtko'l tumanida yashovchi fuqarolar Sharipov Azizbek Baxtiyarovich va Djumanazarova Zarifa Saparbaevnalarning nikohi qayd etilib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi va 2016, 2019 yillarda tug'ilgan farzandlariga tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kunning 30 yilligi munosabati bilan tumandagi barcha ta`lim va maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.
Rasmlarda 3-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar. 🟢T
o‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Совуқ кунларда “илиқлик” улашишда давом этамиз

Фуқаролар Давлат хизматлари марказларини мамнун бўлиб тарк этишлари биз учун жуда муҳим! Давлат хизматлари маркази туман бўлими жамоаси 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayrogim_gururim

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинганлигининг 30 йиллиги

Бугун давлатимиз байроғи тўғрисидаги қонун қабул қилинган кун. Байроғимиз тинч ва осойишта, озод ва эркин ҳаётимиз, ёруғ келажагимизга бўлган ишончимиз рамзи сифатида доимо баланд ҳилпирайверсин!

https://t.iss.one/aoka_uz
❗️Muqaddassan Vatan bayrog'i!
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir.
O'zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan ko'p o'tmay, 1991 yilning 18 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida mamlakat suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan. Bugun bayrog'imiz xalqimizning iftixor timsoliga aylanganiga 30 yil to'ldi.
Ushbu sana munosabati bilan bugun To'rtko'l tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman xalq ta'limi bo'limi hamda Mahalla xayriya jamoat fondi To'rtko'l tuman bo'linmasi hamkorligida tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 18-,27-umumta'lim maktablarida tantanali bayram tadbirlari o'tkazildi. Tadbir davomida mehnat faxriylari, maktab jamoasi va o'quvchilari g'urur va iftixorimiz bo'lgan bayrog'imiz to'g'risida ma'ruzalar, she’rlar, kuy va qo'shiqlar ijro qilib, iliq fikrlar bildirib o'tdilar. Ayniqsa, 18-umumta'lim maktabining harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinf o'quvchilaring chiqishlari bayram tadbiriga o'zgacha shukuh bag'ishladi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT