Tõrtkõl tuman Maktabgacha ta'lim bõlimiga qarashli 33-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida õtkazilgan "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan tadbirdan foto lavhalar.

Каналга уланиш👇👇👇
👉 https://turtkulhokim.uz
🌐Ⓜ️anba: https://t.iss.one/turtkulhokim_uz
https://www.facebook.com/turtkultumani.hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев унвон тўғрисидаги гувоҳномаларни, орден ва медалларни тантанали равишда топширди

Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил свидетельства о присвоении званий, ордена и медали

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Karakalpakstan.uz
⚡️ Тинч, фаровон ва хотиржам ҳаётимиз кафолати

Пойтахтимиздаги “Халқлар дўстлиги” санъат саройида Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 29 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари кунига бағишланган тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди.

Батафсил 👉 https://bit.ly/39ByqDf

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official
Э Ъ Л О Н !

Хурматли табиий газ истеъмолчилари!

Тўрткўл тумани ҳудудидаги “Тошкент”, “Тўрткўл”, “Беруний”, “Янгиобод”, “Мустақиллик” ҳамда “Боғёп” МФЙ табиий газ истеъмолчиларига авария ҳолати юз берганлиги сабабли 2021-йил 15-январ куни соат 14:00 дан 17:00 гача табиий газ етказиб бериш вақтинча тўхтатилишини маълум қиламиз.
Ҳурматли табиий газдан фойдаланувчи хонадон эгалари!
Газдан хавфсиз фойдаланиш қоидаларига амал қилинг бу билан ўзингиз оила аъзоларингиз хавфсизлигини таъминлаган бўласиз. Хонада газ ҳидини сезсангиз дарҳол газ жўмракларини бекитиб, деразаларни очиб хонани шамоллатинг ва 104 ва 533-04-52 телефон рақамлари орқали авария диспетчерлик хизматига ёки 533-04-47 ишонч телефони рақами орқали туман газ таъминоти участкасига хабар беришингизни сўраймиз.
«Тўрткўлтумангаз» газ таъминоти» маъмурияти
Каналга уланиш👇👇👇
👉 https://turtkulhokim.uz
🌐Ⓜ️anba: https://t.iss.one/turtkulhokim_uz
https://www.facebook.com/turtkultumani.hokimligi
Адлия органларининг бажарилиши мажбурий бўлган тақдимномаларини бажармаганлик учун жавобгарлик белгиланди

Батафсил
👉 https://hudud24.uz/?p=24544

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official

Telegram |Facebook| Twitter| YouTubе
Маҳорат дарслари ўтказилди.
Бугун 2021 йил 15 январ куни“Ҳунарманд” уюшмаси Тўрткўл туман бўлими томонидан тумандаги 1-сонли касб-ҳунар мактабида уюшма аъзоси Ю.Бабаджанова билан тикувчилик ҳунари ва миллий қуроқчилик бўйича маҳорат дарслари ташкил қилинди.
Маҳорат дарсларини ўтказишдан мақсадимиз ёшларни касб-ҳунарга йўналтириш ва унинг касбий қизиқишларини аниқлаш.
Меҳнат анъаналари таянчи сифатида ёшларни ҳаётга ижтимоий меҳнат фаолиятида иштирок этишга тайёрлаш муҳим аҳамиятга эга.
Ёшлар ўз касб-ҳунари туфайли мустақил турмуш кечириб, унинг дастлабки манфаатини кўргандан кейин, ўз ҳунарига янада маҳкам боғланиб,унга нисбатан муҳаббат орттиради ва уни такомиллаштиришга интилади.
Маҳорат дарсида ўқувчиларга малакали ҳунармандлар амалий кўрсатмалар бердилар.
Каналга уланиш👇👇👇
👉 https://turtkulhokim.uz
🌐Ⓜ️anba: https://t.iss.one/turtkulhokim_uz
https://www.facebook.com/turtkultumani.hokimligi
#Munosabat
Murojaatnomada ayol – qizlarga e'tibor.

Butun dunyoda 34.3 million qizlar maktabda o‘qish baxtiga muyassar bo‘lmayapti, 30 million qizlar kollej litseylarga borolmayapti, dunyoda har yili 12 million qizlar 18 yoshidan oldin oila qurishga majburlanib har yili 12 million qizlar 18 yoshga to‘lmasdan ona bo‘lyapti….
Davlatimiz O‘rta Osiyodagi ayol – qizlari qadrlanishi jihatdan boshqa davlatlardan oldingi qatorlarda turibdi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi aslida. Qiz farzand niholga o‘xshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga yetadi va kelajak avlodni ham shunday tarbiyalaydi. Bunda albatta oila, mahalla, jamiyatdagi muhit muhim ahamiyatga ega. Buning uchun jamiyatning har bir a’zosi o‘z zimmasidagi ma’suliyatni chuqur his etishi, burchini sidqidildan bajarishi lozim. Yurtimizda yoshlar siyosati borasida hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar har-xil g‘arazli kuchlarga barham bera oladi. Mamlakatimizda yosh avlodning ayniqsa, qizlarning har jihatdan barkamol bo‘lib o‘sishi, kasb – hunar o‘rganishi va jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topishi uchun barcha shart – sharoitlar yaratilmoqda. Yosh qizlarimiz maktab, kollej va Oliy o‘quv yurtlarida o‘z haq – huquqlarini talab qilgan holda ta’lim olib kelishmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni turli yot g‘oya va mafkuralar ta’siridan muhofazalash masalalariga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Yurtboshimizning har bir qarorlarida qizlarga bo‘lgan e’tibor ham asosiy o‘rinlarni egallaydi, desak yanglishmaymiz. Bir necha kun oldin Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi ham bunga yaqqol misol. Murojaatnomada ayol – qizlar masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan. Ulardan bir nechtasini mulohaza qilishni lozim topdim.
Oliy Ta’lim Muassasalariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga ko‘paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi;
Har birimiz tushinib yetganimizdek, qiz bolalarning o‘qib ta’lim olishi uchun Davlatimizning eng katta yordam qo‘li. Bir necha yillar oldin xalqimiz qiz bola oila tutishni bilsa bo‘ldi, degan fikr bilan yashardi. Lekin, bugunga kelib shuni yaxshi angladik – ki, aslida kelajak avlodni qanchalik ilmli va iqtidorli bo‘lib yetishishi onalarga ya’ni xozirgi qizlarimizga bog‘liq.
A’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;
To‘lov kontrakti asosida o‘qishga qa’bul qilinib uni davom ettirish ijtimoiy himoyaga muhtoj oila qizlari uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi tabiiy. Murojaatnomadagi aynan shu bo‘lim manashu qizlar uchun juda katta yangiliklardan biri.
Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan murojaatnomada e’tiborga olingan ayol – qizlar mavzulari yaratilgan sharoitlarning, ezgu ishlarning mantiqiy davomi desak arziydi. Ushbu muhim murojaatnomada yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning kelajakka qadam qo‘yishda davlatimiz qo‘l – qanot ekanligini ko‘rsatib beradi. Men ayol maktab direktori va deputat sifatida ana shu tashabbuslarni amalga oshirishda o‘zimni daxldor deb o‘ylayman. Bu borada o‘z g‘oyalarim va takliflarim bilan yurtimizdagi barcha ayol – qizlarni va yoshlarni qo‘llab – quvvatlashga harakat qilaman.
“Yangi O`zbekistonnini bilimli va bunyodqor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz”. Мuhtaram Рrezidentimizning mana shu so`zlаrini hulosa o`rnida aytib bu jarayonda bizlar ham borligimizdan behad quvonchdamiz.
S. Gichgeldieva,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati.

Каналга уланиш👇👇👇
👉 https://turtkulhokim.uz
🌐Ⓜ️anba: https://t.iss.one/turtkulhokim_uz
https://www.facebook.com/turtkultumani.hokimligi
#спорт БИЗ- СОҒЛОМ ТУРМУШ ТАРАФДОРИМИЗ.

Тўрткўл тумани умумтаълим ўқувчи-ёшларни ўртасида Ватанпарварлик, мардлик ва она Ватанга садоқат руҳида тарбиялаш, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, уларни спорт билан шуғулланиши, бўш вақтларини мазмунли ўтказиш, шунингдек, уларнинг спортга меҳрини уйғотиш мақсадида “Ватанпарварлик ойлиги” доирасида Тўрткўл тумани 40-сонли умумтаълим мактабида 10-та умумтаълим мактабларидан 120-тадан ортиқ ўқувчилар уўртасида спортнинг кураш тури бўйича мусобоқаси уўтказилди.
Мусобақада Тўрткўл тумани Прокуратураси, Миллий гвардия 10-алоҳида отряди ходимлари ва туман БЎСМ ўқитувчи мураббийлари томонидан ўтказилиб, фахрли 1,2,3- ўринларни эгаллаган ёшлар медал ва дипломлар ҳамда фаол иштирок қилган спортчи ёшларга эсталик совғалар тантанали равишда топширилди.
Тўрткўл тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Каналга уланиш👇👇👇
👉 https://turtkulhokim.uz
🌐Ⓜ️anba: https://t.iss.one/turtkulhokim_uz
https://www.facebook.com/turtkultumani.hokimligi