JUMA - QABUL KUNI
Bugun tuman hokimligida tuman hokimi R.Shamuratovning fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy va kommunal sohalar bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, belgilangan tartibda qonuniy yechimi bo‘yicha soha mas’ullariga topshiriqlar berilmoqda.
Shuningdek, tuman prokurori N.Djolamanov hamda ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.Turganbaevlar ham sektorlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarnining murojaatlarini qabul qilib ijobiy yechilishida zarur ko‘rsatmalar berishdi. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati
                                                                     🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG
HURMATLI YURTDOSHLAR!
To‘rtko‘l tumani hokimligi, tuman Prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Majburiy ijro byurosi tashabbusiga ko‘ra «2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» munosabati bilan 2024-yil 15-noyabr kuni soat 16-00 da To‘rtko‘l tumani To‘rtko‘l tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi binosida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si tashkil etiladi.
Yarmarka dorasida «Salohiyatli ish beruvchilar bilan uchrashuv» o‘tkazilib, unda tadbirkor va hunarmandlar hamda ish beruvchilar o‘zlarida mavjud yangi va bo‘sh ish o‘rinlarini rasmiylashtirish, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va mehnat munosabatlariga oid boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shu bilan birga tadbirda hususiy sektorda bo‘sh ish o‘rinlari soni masalalari ko‘rib chiqiladi.
Yarmarkada siz tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirishga yo‘llanma olishingiz yoki boshqa bandlik xizmatlaridan foydalanishingiz hamda o‘z tadbirkorligingizni boshlash uchun kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishingiz mumkin.
#Bugun
15-noyabr kuni To‘rtko‘l tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikada diabetga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda bemorlarda qandli diabetni erta aniqlash va unga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy profilaktika jarayonlari olib borildi.
Shuningdek, tadbirda qandli diabetga chalingan bemorlardan qand mikdori, xolesterin tahlillari olinib, ularga tegishli dori-darmonlar berildi. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati
                                                                     🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YANGILIK 🔔

TO'RTKO'L TUMANI IIB JXX PROBATSIYA GURUHI HISOBIDA TURIB JAZO MUDDATINI O'TAYOTGAN AYOLLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGILIK 🔔

TO'RTKO'L TUMANI TIBBIYOT KOLLEJIDA UCHRASHUV O'TKAZILDI.
To‘rtko‘l tumanida yurak nuqsonlari bor bo‘lgan bemorlar Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy amaliy markazi malakali tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy amaliy markazi direktori professor, tibbiyot fanlari doktori Ismailov Saidmurod Ibragimovich boshchiligidagi malakali tibbiyot xodimlari tomonidan ixtisoslashtirilgan tibbiyot yordamini aholiga yaqinlashtirish maqsadida To‘rtko‘l tumanida yurak nuqsonlari bor bo‘lgan bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Markazning malakali soha mas’ullaridan bo‘lim boshlig‘i kardioxirurg U.Muratov, kardioxururg O.Nabijanov, S.Hamdamov va X.Nurmanovlar 42 nafar bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar hamda bepul operatsiya o‘tkazish maqsadida yo‘llanmalar berdilar.
Shuningdek, malakali tibbiyot xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasidagi jarrohlik bo‘limi va diagnostika bo‘limidagi tayyorgarlik holatlari bilan tanishildi.