O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2/2-1742-sonli ko'rsatmasiga binoan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumida ko'chat ekish ishlarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, bo‘lim xodimlari tomonidan ko‘chat ekish hamda ekilgan ko‘chatlari parvarish qilish ishlari samarali tashkil etilmoqda. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                               🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG
Terimchi guruhlari boshchilari munosib rag'batlantirildi
Bugun To‘rtko‘l tumanida milliy boyligimiz bo'lgan "Oq oltin"ni nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishda, mahallalarda ishsiz aholini uyushgan holda  yig‘im-terim ishlariga jalb qilish orqali qo‘shimcha daromad olishlarida o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan  20 nafar terimchi guruhi boshchilari tuman hokimligi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birga aholini uyushgan holda yig‘im-terim ishlarida qatnashishida  faollik qilib kelgan mahalla raislari va xodimlari ham munosib rag‘batlantirildi.

Taqdirlash marosimida tuman hokimi R.Shamuratov va Ichki ishlar bo‘limi boshlig'i R.Turganbayevlar ishtirok etdilar.

🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                         🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG