To‘rtko‘l tumani hokimi R.A.Shamuratovning “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga
TABRIGI
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Eng avvalo, inson salomatligini asrash va mustahkamlashdek oliyjanob ishga bel bog‘lagan, Siz azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Dunyoda shunday kasblar borki, bu kasb egalari orasida inson hayotini saqlashdek mashaqqatli hamda mas’uliyatli mehnatlari evaziga hamisha el ardog‘ida bo‘lgan tibbiyot xodimlari ham bor.
Bu kasb egalari timsolida xalq salomatligi uchun o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan kasb egalarini ko‘ramiz. Jonkuyar shifokorlarning mashaqqatli mehnati tufayli bugun minglab bemorlar o‘z dardiga shifo topmoqda.
Qadrli salomatligimiz posbonlari!
Aholi sog‘ligini muhofaza qilish davlat uchun muhim ahamiyatga ega dolzarb masaladir. Zero, tinchlik va sog‘liq – har bir inson uchun buyuk ne’matdir.
Hozirgi kunda tuman aholisining sog‘ligini saqlash borasida 237 nafar shifokor hamda 1114 nafar o‘rta maxsus xodimlari faoliyat yuritmoqdalar.
Xabaringiz bor, hozirgi kunda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida tumanimizda ko‘plab qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Birgina tuman tibbiyot birlashmasi nafaqat tumanimizda, balki respublikada faol ishtirok qilishi natijasida 2022-2023 yillarda jami 5 miliard 400 million so‘mlik 4 ta loyiha yutib olinganini alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak.
Hurmatli Prezidentimizning sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish borasida olib borayotgan ilohotlari natijasida 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404 qaroriga asosan 2024-yilga mo‘ljalangan “Ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi doirasida tumandagi tug‘ruqxona kompleksiga yangidan qo‘shimcha 70 o‘rinli bino qurish hamda mavjud binoni mukammal tamirlash ishlari olib borilmoqda.
Qadrli tibbiyot xodimlari!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, ishlaringizda ulkan zafarlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati 🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun
#qabul
To‘rtko‘l tumani hokimligida tuman hokimi R.Shamuratovning aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam tayinlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash singari masalalar borasidagi murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar qonuniy tartibda hal etilishi bo‘yicha nazoratga olindi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati 🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 23-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-648-sonli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘grisida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni, deb belgilandi. Bu yangilik yurtimizdagi yarim millionndan ortiq kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Davlatimiz rahbarining nodavlat va notijorat tashkilotlarga, shu jumladan, Bosh qomusimizda jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilgan kasaba uyushmalariga bo‘lgan e’tibori natijasida mana bir necha yillardan buyon mamlakatimizda 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bugun 2024-yil 9-noyabr kuni To‘rtko‘l tumani 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni tuman bo‘linmasi kengashi raisi Xaldurdiyev Araz Gurbanberdiyevich ochib berdi hamda ishtorokchilarini bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Settiyev Janibek Sapayevich To‘rtko‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushma qo‘mita raislari va faxriy ustozlar hamda “Kitobxon o‘quvchi” intellektual o‘yini g‘oliblari ishtirok etdilar.
Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan bir qator xodimlar “Kitobxon o‘quvchi” intellektual o‘yini g‘olib o‘quvchilari hamda ustozlari qimmatbaho esdalik sovg‘alari, diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tadbir tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. 🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG

DIQQAT E’LON!
To‘rtko‘l tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan maxsus shtabga 24 soat davomida murojaat etishingiz mumkin!
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, xalqimizni uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash, ko‘p-qavatli uy-joylarda yuz berishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish, ijtimoiy soha ob’ektlarida fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida To‘rtko‘l tumani hokimligi huzurida maxsus ShTAB tashkil etilgan.
Hurmatli fuqarolar!
Agar Sizda yuqoridagilar bilan bog‘liq savol va murojaatlaringiz bor bo‘lsa, shtabning uzluksiz ishlab turuvchi ☎️ +99861-532-21-30, ☎️ +99861-532-52-88 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati 🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG