#sayyor_qabul

Bugun To‘rtko‘l tumani "Sho‘raxon" ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimi 1-sektor rahbari R. Shamuratovning hududdagi aholi bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda “Sho‘raxon” OFY, “Yashnobod” va “Do‘stlik” mahallalaridagi fuqarolar tomonidan kuz-qish mavsumi tayyorgarligi bo‘yicha elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi va qonuniy tartibda yechilishi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
To‘rtko‘l tumanining xizmatlar sohasi.
2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 849,7 mlrd. so‘mlik xizmatlar hajmi amalga oshirilgan. 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,3-% foizni tashkil qildi. Tumanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmatlar hajmi ulushi 4,3-% foizni tashkil etdi. 2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 3 692 900 so‘mdan to‘g‘ri keldi.
To‘rtko‘l tumanining savdo sohasi.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari, uyushmagan savdo va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 956,3 mlrd. so‘mlik savdo ishlari hajmi amalga oshirildi. 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,1-% foizni tashkil etdi. Tumanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi savdo ishlari hajmi ulushi 10,9-% foizdan to‘g‘ri keldi. 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga savdo ishlari hajmi 4 156 000 so‘mdan to‘g‘ri keldi.
To‘rtko‘l tumanining Investitsiyasi ma’lumotlari.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida asosan Davlat budjeti, yuridik korxonalar va aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 505,9 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 88,6 foizni tashkil qildi. Tumanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi investitsiya ulushi 3,5-% foizni tashkil etdi. Investitsiya hajmi 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga 2 198 600 so‘mdan to‘g‘ri keldi.
To‘rtko‘l tumanida qurilish ishlari.
2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari va norasmiy sektor tomonidan 500,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,7-% foizga bajarildi. Tuman qurilish ishlari hajmining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ulushi 8,0-% foizni tashkil etdi. Qurilish ishlari hajmi 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga -2 176 600 so‘mdan to‘g‘ri keldi.
To‘rtko‘l tumanida Sanoat ishlab chiqarish.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida faoliyat ko‘rsatayotgan jami sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va uy xo‘jaliklari tomonidan tomonidan 691,9-mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1-% foizni tashkil qildi. Tumanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sanoat ulushi 4.0-% foizni tashkil etib, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga Sanoat mahsulotlari hajmi -3 007 100 so‘mdan to‘g‘ri keldi.
#Bugun

JUMA QABUL KUNI


To‘rtko‘l tumani hokimligida tuman hokimi R.Shamuratovning aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida moddiy yordam tayinlash, bandlik, tibbiy yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash singari masalalar borasida qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar nazoratga olindi. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV nigohida To‘rtko‘l tumani

To‘rtko‘l tumani markazidan olisda joylashgan “Yonboshqal’a” ovul fuqarolar yig‘inida axborot kommunikatsiya tizimini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
⚡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda mas’ul tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, do‘stni dushmandan ajratishga qodir bo‘lgan, iymon-e’tiqodli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalab, boy tariximiz va ulug‘ ajdodlarimiz haqida ularning xabardorlik darajasini oshirishga e’tibor qaratmas ekanmiz, biz o‘zgalar tomonidan dinni targ‘ib qilish orqali terrorizm, ekstremizm, diniy adovat, oila institutiga bepisandlik, qonunchilikka va ko‘p asrlik milliy urf-odatlarimizga rioya qilmaslik kabi salbiy ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yib va yoshlarimizning porloq kelajagiga putur etkazishimiz mumkin"ligi kabi bir qancha yoshlarimiz uchun zarur fikrlar aytib o'tildi.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG