#sayyor_qabul

Bugun To‘rtko‘l tumani "Ko‘na To‘rtko‘l" ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimi 1-sektor rahbari R. Shamuratovning hududdagi aholi bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz, ijtimoiy va bandlik masalalari bo‘yicha hamda ko‘mir masalalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi va qonuniy tartibda yechilishi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
#sayyor_qabul Тўрткўл тумаи ИИБ бошлиғи 3-сектор раҳбари Р.С.Турганбаев ўзига бириктирилган "Оққамиш" ОФЙда аҳоли муаммоларини ўрганиш бўйича сайёр қабул ўтказди. Сайёр қабул давомида аҳолидан тушган коммунал соҳадаги муаммолар тегишли мутассади ташкилотлар билан ижро учун назоратга олинди. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
2024-yil 17-oktabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman imom-xatibligi hamkorligida “Yangiobod” MFY hududidagi 3-son Musiqa va san’at maktabi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 22-avgustdagi "Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha chora- tadbirlar" dasturining ijrosi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirdaTo‘rtko‘l tuman bosh imom hatibi D.Qlichev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settievlar o‘z ma’ruzalarida Imom Termiziyning ibratli hayot yo‘li va ilmiy merosi, faoliyati, hadislari haqida ma’lumotlar berdilar.
Davra suhbati yakunida Imom Termiziy faoliyati haqidagi o‘tkazilgan savol-javoblarda faol ishtirok etgan mahalla nuroniylari va o‘quvchi yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
#Bugun
#3_sektor
To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” OFYdagi 69-sonli umumta’lim maktabida ota-onlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi ishchi guruh a’zosi, pedagogika fanlari doktori, dotsent Norqulov Husniddin Do‘sbekovich "Oila-maktab-mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, ya’ni bola tarbiyasida ota-onaning va maktabning hamkorligini oshirish kerakligi, ta’limni kuchaytirish orqali uni sifat jihatdan yaxshalish lozimligi va buning natijasida barkamol yoshlarni tarbiyalash mumkinligi haqida gapirdi.
Shuningdek, tarbdirda “Oqqamish” OFY raisi Satliev Xalmurad Allamuratovich ham so‘zga chiqib, maktab va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish ayni dolzarb ekanligi to‘g‘risida ham o‘z fikrlarini bildirdi. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG