To‘rtko‘l tumanida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan fuqarolar tashabbusining 2024-yil 2-mavsumi doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida shakllangan va g‘olib bo‘lgan takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida hamda Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan To‘rtko‘l tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2024-yil 1-iyul holatiga ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari I.Bakkaev nutqi tinglandi.
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi G‘.Kurbanbaev so‘zga chiqdi.
Sessiya kun tartibining oxirgi masalasi bo‘yicha To‘rtko‘l tumanining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarini belgilash ishlarining yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish haqida hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga yaratib berilayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi to‘g‘risida To‘rtko‘l tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i. M.Sadullaev ma’ruza qildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar bo’yicha ma’ruzachilarning chiqishidan keyin deputatlar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sakson yettinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko’rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegis’hli qaror loyihalari tasdiqlandi. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Yangi kitob taqdimoti

«Qirq jonni qirq bo‘lib»
Bugun tuman Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist O‘g‘iljon Nurullaevaning "Qirq jonni qirq bo‘lib" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Kitobda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashab fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh faol ayollar haqida hikoya qilingan bo‘lib, kitob taqdimoti davomida so‘zga chiqqanlar bu haqda ko‘pgina ijobiy fikrlarni bildirdilar.Tadbirni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi va kutubxona mutaxassisi M. Yusupova olib bordi.
Shuningdek, tadbir davomida M.Yusupova tumandagi faol ayollardan iborat «O‘zingdan boshla» kitobxon onalar klubini tashkil qilish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi. Bu taklifni tadbirda ishtirok etgan barcha qo‘llab-quvvatladi. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_videorolik YANGILIKKA INTILIB...

“Yaxtilik” MFY yoshlar yetakchisi Mirjalol Rajapov 2024 yil O'zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Volontyorlik loyihalarini qo'llab-quvatlash loyihasida qatnashib g'oliblar qatoridan joy oldi va 20 mln. So`m grant yutib olib “Agrar Ilm” amaliy markazini tashkil qildi.
Bu amaliy markaz boshqa o'quv markazlaridan farqi issiqxonachilikka qiziquvchi ishsiz fuqarolarni bepul issiqxonachilik haqida amaliy bilimlar berib, issiqxonadan daromad olish sirlari haqida amaliy tushunchlar o'rgatib boradi.Batafsil videoda tanishishingiz mumkin. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Муваффақият -бир саёхатдир, мақсад эмас.
Бахтлилик кетаётган йўлнинг устидадир, йўлнинг охирида эмас.
Йўлнинг охирида бўлса эди, унга борилганда йўл тугаган ва вақт ўтган бўлар эди.

Бахтли бўлишнинг вақти бугундир, эртага эмас.

Ҳазрати Мавлоно Румий
#Қорақалпоғистон

МСКларга техник восита ва ускуналар топширилди


Бугун Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси Қорақалпоғистон Республикаси бошқармасида Республикадаги 17 та Маҳалла сервис компаниялари раҳбарларига зарур техник воситалар ва ускуналар топширилди.

Ушбу муносабат билан ташкил этилган тадбирда Уюшма раиси ўринбосари А.Асланов, Бошқарма бошлиғи Ш.Палвонов, масъул ходим Б.Кушбаков ҳамда Уюшманинг Қорақалпоғистон Республикаси бошқармаси бошлиғи С.Турмановлар иштирок этди.

Таъкидланганидек, Президентнинг жорий йил 25 июндаги ПҚ-234-сон қарорига асос Қорақалпоғистон Республикасидаги 17 та маҳаллада эксперимент тариқасида Маҳалла сервис компаниялари фаолияти йўлга қўйилиб, уларнинг асосий вазифалари тасдиқланди. Мазкур қарорда МСКларни зарур техник воситалар ва ускуналар билан таъминлаш белгиланган эди.

Тадбирда масъуллар томонидан МСКларнинг самарали фаолият олиб бориши, жумладан қарор мазмун-моҳияти юзасидан тушунчалар берилди.

Кanalǵa aǵza bolıw   👉  https://t.iss.one/QR_mahalle