🌐 𝗧𝗢'𝗥𝗧𝗞𝗢'𝗟_𝗣𝗥𝗘𝗦𝗦 / 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟
12.9K subscribers
60.8K photos
6.63K videos
126 files
18.9K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев “Янги Ўзбекистон” боғига бориб, Мустақиллик монументи пойига гул қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил парк “Янги Узбекистон” и возложил цветы к подножию монумента Независимости.

#Mirziyoyev #marosim #monument #Mustaqillik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mustaqillik inshootlari


Bayram munosabati bilan «To‘rtko‘l» mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi

Bugun tuman markazida joylashgan "To‘rtko‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini ahli uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi.

Mahalla faollaring orzulari ro‘yobga chiqib, yangi, zamonaviy ma’muriy binoga ega bo‘ldilar.

Yurtboshimizning tashabbuslari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ko‘rsatilgan e’tibor sabab, mahallaga ajratilgan 500 million so‘m mablag‘ning bir qismiga mahalla binosi qurib bitkazildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda tuman hokimi R.Shamuratov ishtirok etib, barchani bayram bilan qutladi. Mahalla binosi hudud aholisining hamjihatlikda amalga oshiradigan tashabbuslarida xizmat qilishiga tilak bildirdi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Mustaqillik inshootlari


Yangi mahallaga yangi bino

Bugun To‘rtko‘l tumanida jami 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, shundan “Ziyokor” mahallasi yangidan tashkil qilingan mahallalardan biridir.

Mahallada 7844 nafar aholi, 1813 ta oila bo‘lib, hudud aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Ayniqsa, mahalla hududida “Zavod XozAgro” MCHJ qo`shma korxonasi ishga tushirilib, mahalladagi ko‘pgina ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandilar.

Bugun mahalla binosining Mustaqillik bayrami arafasida topshirilishi hudud faollari qalbini cheksiz quvonchga to‘ldirdi.

Mahalla binosining tantalani tadbirida tuman hokimi R.Shamuratov ishtirok qildi. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG